IT-Parkda Digital CASA loyihasi boʻyicha uchrashuv boʻlib oʻtdi

2019-yil 4-dekabr kuni IT-Parkda Xalqaro moliya korporatsiyasi (IFC), Jahon banki va IT-Park vakillari ishtirok etgan Digital Central Asia – South Asia (Digital CASA) loyihasi boʻyicha navbatdagi uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Uchrashuvda IT-Park faoliyati boʻyicha taqdimot, shuningdek bizning startap loyihalarimiz va rezidentlarimizning taqdimotlari oʻtkazildi. Aholi oʻrtasida IT-ixtisosliklariga boʻlgan qiziqishni oshirish uchun Oʻzbekiston hududlarida IT-markazlarni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

IT sohasiga aholining ayollar qismini jalb qilish zarurati munozaraning muhim mavzularidan biri boʻldi. Taʼkidlandiki, Oʻzbekistonda IT sohasidagi ayollarning ulushi hanuzgacha katta emas va uni koʻpaytirish uchun koʻproq imkoniyatlarni yaratishga eʼtibor qaratish zarur.

Uchrashuv yakunida tomonlar kelgusida hamkorlikni rivojlantirish toʻgʻrisida kelishib oldilar.

2019-12-06