2020-yil 29-yanvar kuni IT-Parkda
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti qoshidagi
akademik litsey oʻquvchilari, shuningdek ushbu OTMʼning faol talabalari va Oʻzbekiston
Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish
vazirligi vakillari yigʻilishdi.
Mehmonlar IT-Park faoliyati bilan
tanishdilar, taqdimot oʻtkazdilar va unda tashkilotning istiqbollari va kelgusidagi
rejalari haqida soʻzladilar.
Talabalar IT-Parkning startapni
yaratish, uni kengaytirish, jamoa aʼzolarini topish, investitsiyalarni samarali
jalb qilish va izlash tajribalari bilan oʻrtoqlashgan inkubatsiya va akseleratsiya
dasturlarining birinchi mavsumida ishtirok etgan startap-loyihalari bilan
tanishdilar.
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini
rivojlantirish vazirining oʻrinbosari B.Olmatov yoshlarga bunday jadal surʼatlarda
rivojlanib borayotgan dunyoda, yuqori texnologiyalarning nafaqat mahalliy,
balki xalqaro IT-maydonda raqobatbardosh va istiqbolli boʻlishi uchun har kuni oʻzini
oʻzi rivojlantirib borishi muhimligi haqida aytib oʻtdi.
Shunisi eʼtiborga loyiqki, talabalar IT-Parkning rezidenti hisoblangan, BPO (Business Process Outsourcing)ga ixtisoslashgan RevoTech kompaniyasi bilan ham tanishdilar. RevoTech vakillari kompaniya tomonidan kundalik hal qilinadigan biznes jarayonlari haqida gapirib berdilar, BPO boʻyicha mini-seminar oʻtkazdilar, shuningdek, rus, oʻzbek va ingliz tillarini mukammal bilishni talab etadigan ishga joylashish imkoniyatlari va xalqaro kompaniyaning asosi boʻlgan korporativ madaniyat haqida maʼlumot berishdi.
2020-01-30