Bugun, 2019-yil 3-oktyabr sanasida IT-Park “Sturgeon Capital LTD” (Buyuk Britaniya) investitsiya fondi bilan hamkorlik aloqalarini oʻrnatdi.
Sturgeon Capital - Markaziy Osiyo va Kavkazdagi Yangi Ipak yoʻli mintaqasiga investitsiya kiritishda 10 yildan ortiq tajribaga ega boʻlgan Britaniyaning investitsion kompaniyasidir.
Uchrashuvda tomonlar Oʻzbekistondagi texnologik ekotizim, startap-segmentlar va venchur moliyalashtirishni rivojlantirish, xususan:
Oʻzbekistonning startap ekotizimiga qiziqqan xorijiy venchur kapital fondlariga maslahat berish boʻyicha hamkorlik qilish va aloqalarni davom ettirish istagini bildirdilar
2019-10-03