Jizzaxdagi IT Park direktori: yoshlar, IT sohasi va istiqboldagi rejalar haqida

Yaqinda IT Park’ning Jizzax filialiga direktor tayinlandi. Mintaqaviy IT Markaz sobiq direktori Nazira Botirxonovna Muxitdinova filial direktori etib tayinlandi.



Biz u bilan aloqaga chiqib, uning qanday qilib IT Park’ga kelib qolganligi, IT sohasini viloyatda rivojlantirish bo‘yicha boʻlg'usi rejalari va boshqa qiziqarli narsalar haqida aytib berishini so‘radik.

Nazira B
otirxonovna haqida qisqacha


Muxitdinova Nazira Botirxonovna Jizzax shahrida tug‘ilib o‘sgan, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori darajasiga ega. Nazira Botirxonovna o‘z mehnat faoliyatini Jizzax pedagogika institutida oddiy o‘qituvchi sifatida boshlagan.

Nazira B
otirxonovna va IT Park

“Men IT Park’ga tasodifan kelib qoldim, ammo har doim axborot texnologiyalari sohasiga qiziqardim. 2019-yilda Mirzo-Ulugbek innovatsiya markazi va men hozirgi kungacha boshqarib kelayotgan xususiy ta’lim markazi o‘rtasida memorandum imzolandi. Imzolangan memorandumga binoan biz o‘quvchilarimizga IT’ni o‘rgatishni o‘z zimmamizga oldik. O’tgan yilning setyabr oyida memorandum tugashi bilan-oq menga Jizzax viloyatidagi IT Markazning mintaqaviy direktori bo‘lishga vakansiya kelib tushdi, va suhbatdan muvaffaqiyatli o‘tganimdan so‘ng meni ushbu lavozimga qabul qilishdi. Mening vazifalarim Jizzax viloyatidagi IT Markazlar faoliyatini rivojlantirish, talabalarni IT kurslarga jalb qilish, tumandagi IT-mutaxassislarni jalb qilish va ularga uslubiy yordam ko‘rsatishdan iborat edi”, - dedi Nazira B
otirxonovna.





Jizzaxdagi IT Park filiali tomonidan amalga oshirilayotgan loyihalar va dasturlar

Ayni damda filialda davlat xizmatchilarini maxsus dasturlar bo'yicha o'qitish, ITWomenUz loyihasi bo'yicha ayollarga ta’lim berish, IT Park hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan tashkillashtirlayotgan “Future Skills Uzbekistan” loyihasi doirasida Jizzax yoshlarni o‘qitish kabi ta’lim loyihalari amalga oshirilmoqda. Shuningdek, turli xil loyihalar hali amalga oshirilish bosqichida. Uchta ta’lim muassasasida esa inkubatsiya markazlarini ishga tushirish bo‘yicha ishlar o‘z yakuniga yetmoqda. Startaplarni ro‘yxatdan o‘tkazish va ularni amalga oshirish usullarni belgilash ishlari qizg‘in davom etmoqda.


Qiziqarli fakt:

May oyi oxirida filial MDH davlatlari IT-mutaxassislari bilan birgalikda xalqaro yoshlar forumida ishtirok etadi. Jizzaxdagi IT Park filiali mahalliy mutaxassislarga xalqaro darajaga chiqish uchun imkoniyat berish maqsadida IT kursini ingliz tili bilan integrallashgan strategiyasini ishlab chiqmoqda.

Jizzaxdagi IT Park filialining xususiyati

“Jizzax filiali jamoasi dinamik va turli yo‘nalishlarda ishlaydi (aholining barcha qatlamlarini o‘qitish: davlat xizmatchilari, maktab o‘quvchilari va kollej, universitetlar talabalari va boshqalar). Hozirgi kunda ta’limning barcha bosqichlarida uzluksiz ta’limni ta'minlash maqsadida maktabgacha IT ta’lim muassasalari va IT maktablari bilan o‘zaro munosabatlar konsepsiyasi rivojlantirish jarayonida. Shu orqali, biz axborot texnologiyalari va ingliz tilini erta bosqichdan o‘rganish konsepsiyasi bilan katta natijalarga erishamiz”, - deydi filial direktori.



Jizzaxda IT sohasini rivojlantirish bo‘yicha kelajak rejalar

Nazira Botirxanovna rejalar juda ko‘pligini va bir nechtasi allaqachon joriy etilganini ta’kidlaydi.

“Ammo biz bu bilan to‘xtamaymiz. Jizzax erkin iqtisodiy hududlarida avtomobil zavodlari va boshqa ko‘plab korxonalar ochilayotgani bois biz ushbu sohadagi mutaxassislar tayyorlashga e‘tibor qaratishni rejalashtiryapmiz va hozir Kanadaning yirik firmalari bilan robototexnikalarni o‘qitish yuzasidan muzokaralar olib boryapmiz.” – ulashdi filial direktori.



Shu bilan birga, filial yosh avlodning robototexnika yo‘nalishi bo‘yicha qiziqishini uyg‘otish maqsadida robototexnika va kibersport bo‘yicha turnir o‘tkazish rejalashtirilmoqda.

Nega yoshlar IT sohasini tanlashi kerak

“Yoshlar kelajakda axborot texnologiyalari yoki har qanday sohani tanlamasin, bu soha ularning hayotlarini sezilarli darajada yengillashtirishini tushunishlari kerak. Axborot texnologiyalari sohasidagi faoliyat yoshlarga oliy ma’lumot diplomisiz ham mehnat bozorida ish topish va talabga javob berish imkonini beradi. Buning uchun bor yo‘g‘i bir qancha narsalar kerak: sizning xohishingiz va ko‘nikmalaringiz, kompyuter hamda internet. Shunday qilib, siz nafaqat o‘zingizni ish bilan ta’minlaysiz, balki qiyin ishlar bilan band bo‘lmagan holda, boshqalarga ham yangi ish o‘rinlarini yaratasiz,” – deya yoshlarga murojaat qildi filial direktori.



So‘ngsoʻz oʻrnida Nazir Botirxonovnadan o‘qishga arziydigan maslahatlar:

  1. IT sohasini qiyin hisoblab, borishga qo‘rqayotgan yoshlar uchun:
    Shunchaki sinab ko‘ring. Har kim o‘zi uchun qiziq nimadir topa oladi. Dasturchi bo‘lish shart emas. IT - grafik dizayn bilan boshlanib, raqamli marketing va data-tahlil bilan tugaydigan imkoniyatlar okeani.
  2. Karyerani qanday boshlash va buning uchun nima qilish kerakligini bilmaydigan qizlar uchun maslahatlar:

"Qizlarga o‘z ustilarida ishlashlarini va maqsadga yetgunlaricha to‘xtamasliklarini maslahat beraman. Eng muhimi, qizlar o‘z dunyoqarashlarini o‘stiradigan va biror  yangi narsani anglaydigan sohani tanlasinlar. Karyera qurish uchun esa, qat'iyat kerak.

Nazira Botirxonovnaga ushbu maqolada ishtirok etishga qiziqish bildirgani uchun oz minnatdorchiligimizni bildiramiz va Jizzaxda IT sohasini rivojlantirishida muvaffaqiyatlar tilaymiz.

2021-05-27