2019-yil 11-noyabr kuni IT-Parkda Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) delegatsiyasi bilan Texnoparklarni rivojlantirish dasturi doirasida IT-Parkni rivojlantirish uchun grant ajratish masalasi boʻyicha uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Uchrashuvda IT-Park bosh direktori Farhod Ibragimov, Koreya Kichik va oʻrta biznes va startaplar vazirligi, Koreya Texnoparklarni ragʻbatlantirish uyushmasi (KTPA), Koreya Kyonbuk texnoparki, Koreya Fan va texnologiya siyosati instituti (STEPI) va IT-Park vakillari ishtirok etishdi.
Tashrifning asosiy maqsadi infratuzilmani takomillashtirish, IT-dasturlari, shuningdek moddiy-texnika bazasini yaxshilash uchun Axborot texnologiyalari va dasturiy mahsulotlar texnologik parki boʻlmish IT-Parkni rivojlantirish uchun grant ajratish orqali Oʻzbekiston IT-sohasini qoʻllab-quvvatlash boʻldi.
Shuningdek, IT-Park rezidenti boʻlishning afzalliklari, IT-akademiya, inkubatsiya va tezlashtirish dasturlari, xalqaro loyihalar va tanlovlar, IT-Park Venchur fondi mavzulari yuzasidan ham muhokamalar boʻldi. Mehmonlar Oʻzbekistonning IT sohasidagi salohiyatiga alohida eʼtibor qaratdilar va ijobiy tomonga boʻlgan muhim oʻzgarishlarni qayd etib oʻtdilar.
Bu qadamlar kelgusida yoshlarning IT sohasida yetuk bilimga ega boʻishlari shaklida oʻz samarasini berishi kerak, bu esa Markaziy Osiyoda birinchi boʻlib “yakkashoh” boʻlish imkoniyatiga ega boʻladigan yirik startap kompaniyalarning paydo boʻlishi, shuningdek, butun Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy Osiyoda IT markazi sifatida rivojlanishi uchun asos boʻladi.
2019-11-12