Marg'ilonda Raqamli texnologiyalar markazi ochilishi bo'lib o'tdi!

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Farg’onaga tashrifi doirasida Marg’ilonda Raqamli texnologiyalar markazi ochildi.

Avvalo eslatib o’tish joizki, Raqamli texnologiyalar markazlar O’zbekistonda axborot texnologiyalari rivojlanishi uchun xizmat qiladi. Barcha IT-markazlar «O’zbekiston Respublikasi Prezidentining besh tashabbusi»ning uchinchi tashabbusini amalga oshirish doirasida tashkil etilgan bo’lib, ularning maqsadi – kompyuter texnologiyalaridan foydalanishda aholining savodxonligini oshirish, shuningdek, axborot texnologiyalari, dasturlash, robototexnika va kibersport turlari bo’yicha bilimlarni oshirish.

 

​​​​​​​

Marg’ilon shahridagi B. Mashrab ko’chasida joylashgan Raqamli technologiyalar markazining yangi ikki qavatli binosining umumiy maydoni 3100 kvadrat metrni tashkil etadi.

Raqamli technologiyalar Markaz yordami bilan umumta’lim maktablarining 7-11-sinf o’quvchilari va IT sohasiga qiziquvchi yoshlar o’qishni tugatganlaridan so’ng nafaqat Farg’onadagi IT-parkda, balki IT-Park rezidentlari qatorida ham ishlashlari mumkin.

IT-markazida o’qitiladigan mavzular:

Kompyuter savodxonligi;

MS Office bilan chuqur ishlash;

Veb dasturlash tillari;

Grafika va dizayn asoslari;

Mobil ilovalarni yaratish;

Python dasturlash tili;

Arduino va LEGO Mindstorms asosida mobil robototexnika;

Shuningdek, kibersport: CS: GO, Dota2, FIFA20.

​​​​​​​

Bundan tashqari, 120 ish o’rni tashkil etilgan Raqamli technologiyalar markazi davlat tashkilotlari xodimlari va maktab o’qituvchilarining axborot texnologiyalari sohasidagi bilimlarini oshirish ustida ham ish olib boradi.

2020-2021 yillarda Dangara, Bog’dod, Rishton, Quvasoy tumanlari va Qo’qon shahrida 19 ta IT-markazlarning ochilishi rejalashtirilgan. 2020 yilda esa Farg’onada IT-park filiali ochiladi.

Albatta, shuni ta’kidlash kerakki, O’zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi rahbariyati va mutaxassislari, shuningdek, IT sohasidagi korxona va tashkilotlar xodimlari Marg’ilonda ushbu IT-markazni yaratishda katta hissa qo’shdilar.

O’z navbatida IT-park qiziqishga ega barcha IT kompaniyalar, firmalar, IT sohasidagi o’quv markazlar va tashkilotlarni o’zlarining vakolatxonalarini ochishga va Farg’ona viloyatida o’z faoliyatini rivojlantirishga kirishishga chorlaydi. IT Park barcha qiziqish ko’rsatgan shaxslarga va IT-kompaniyalarga xodimlarni tanlash va ularni o’qitish masalalarida yordam berishga tayyor.

Muhim eslatma:

Ushbu Raqamli technologiyalar markaz karantin tugagandan keyingina o’z faoliyatini boshlaydi.

Respublikadagi barcha IT markazlari joylashgan joylar kiritilgan xaritaga havola: https://itcenter.uz/map/

 

2020-06-07