“MGovAward” road-shou: 12 viloyat, 4 mingdan ortiq talabalar va 100 000 dollar!

 

 

 

Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va IT-Park tomonidan Birlashgan Arab Amirliklaridan boʻlgan hamkorlar bilan birgalikda yaratilgan, mukofot jamgʻarmasi 100 000 AQSh dollarini tashkil etadigan mobil ilovalarni ishlab chiqish boʻyicha talabalar oʻrtasida “mGovAward” tanlovining yoʻl shousi yakunlandi!

This image has an empty alt attribute; its file name is mowina-1024x768.jpg
 

2019-yil 11-noyabr kuni “mGovAward” tanlovi doirasida Oʻzbekiston Respublikasi oliy oʻquv yurtlari boʻylab oʻtkazilgan keng miqyosli road-shou yakunlandi. IT-Park vakillari respublikamizning 12ʼta viloyatiga va Qoraqalpogʻiston avtonom Respublikasiga tashrif buyurdilar, 4930 km dan koʻproq masofani bosib oʻtdilar, 60 soatdan koʻproq chiqish qildilar, 53ʼta universitet va institutlarning 4 700 nafardan ortiq talabalari bilan suhbatlashdilar!

Mazkur road-shoudan koʻzlangan maqsad Oʻzbekiston Respublikasi oliy oʻquv yurtlari talabalarini iqtidorli va yosh dasturchilarni birinchi milliy koʻrik-tanlov bilan tanishtirish, tanlov shartlari va talablarini tushuntirish va noyob IT-mahsulotlarni yaratishda istiqbolli kadrlarni ragʻbatlantirish edi.

Biz oʻz safarimizni 3-oktyabr kuni Andijon viloyatidan boshladik, u yerda Andijon davlat universiteti, Andijon muhandislik instituti, Andijon davlat tibbiyot instituti, Andijon qishloq xoʻjaligi instituti talabalari bilan uchrashdik.



4-oktyabr kuni biz Fargʻona va Namangan viloyatida Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti (Fargʻona filiali), Fargʻona Davlat Universiteti, Fargʻona Politexnika Instituti, Qoʻqon Davlat Pedagogika Instituti, Toshkent Tibbiyot Akademiyasi (Fargʻona filiali), Namangan muhandislik-texnologiya instituti, Namangan muhandislik-pedagogika instituti, Namangan davlat universiteti talabalari bilan uchrashdik.



10-oktyabr kuni biz poytaxtning ikkita universitetida – Toshkentdagi Amity universitetida va Toshkent shahridagi Inha universitetida seminarlar tashkil etdik.



11-oktyabr kuni biz Olmaliq shahrida boʻldik va u yerda biz Olmaliq shahridagi “MISiS” Milliy texnologik tadqiqotlar universiteti va Toshkent davlat texnika universitetining Olmaliq filiali talabalari bilan uchrashdik.

15-oktyabr kuni Sirdaryo va Jizzax viloyatlariga tashrif buyurib, Guliston davlat universiteti, Jizzax politexnika instituti va Jizzax davlat pedagogika instituti talabalari uchun tanlov yuzasidan taqdimot oʻtkazdik.



16-oktabr kuni bizning delegatsiyamiz Samarqand va Navoiy viloyatlariga tashrif buyurdi va biz u yerda Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (Samarqand filiali), Samarqand davlat universiteti, Samarqand davlat xorijiy tillar instituti, Samarqand iqtisodiyot va servis instituti, Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti, Samarqand davlat tibbiyot instituti, Samarqand qishloq xoʻjaligi instituti, Navoiy davlat konchilik instituti talabalari uchun seminarlar oʻtkazdik.



17-oktyabr kuni Buxoroda Buxoro davlat universiteti, Buxoro muhandislik-texnologiya instituti, Toshkent davlat stomatologiya instituti (Buxoro filiali), Buxoro davlat tibbiyot instituti, Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti (Buxoro filiali) talabalari uchun seminarlar olib bordik.



18-oktyabr kuni biz Qashqadaryo viloyatida boʻldik va u yerda Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (Qarshi filiali), Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti talabalari uchun taqdimotlar oʻtkazdik.



21-oktyabr kuni bizning jamoamiz Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universiteti talabalari bilan suhbatlar olib bordi.



1-noyabr kuni biz Qoraqalpogʻiston Respublikasiga borishga muvaffaq boʻldik, u yerda Qoraqalpoq davlat universiteti, Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (Nukus filiali), Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti, Toshkent pediatriya tibbiyot instituti Nukus filiali, Toshkent davlat agrar universiteti Nukus filiali, Samarqand Veterinariya meditsinasi instituti Nukus filiali, Navoiy davlat konchilik instituti Nukus filiali, Oʻzbekiston davlat Jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali talabalari bilan suhbatlashdik.



Bizning road-shoudagi navbatdagi safarimiz 2-noyabr kuni Xorazm viloyatiga boʻldi va biz u yerda Urganch davlat universiteti, Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali va Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Urganch filiali talabalari bilan tanishdik.



Road-shou doirasida bizning soʻngi toʻxtash joyimiz Surxondaryo viloyati boʻldi va biz u yerda Termiz davlat universiteti, Toshkent davlat texnika universiteti (Termiz filiali), Toshkent davlat agrar universiteti (Termiz filiali), Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali, Toshkent davlat pedagogika universitetining Termiz filiali talabalar uchun “mGovAward” koʻrik-tanlovi taqdimotini oʻtkazdik.



Sizga shuni eslatib oʻtamizki, “mGovAward” respublika koʻrik-tanloviga arizalar qabul qilish hali ham davom etmoqda! 2019-yil 1-yanvargacha oʻz arizangizni topshirishga va mukofot jamgʻarmasi 100 000 dollar boʻlgan tanlovda gʻolib boʻlishga ulguring: https://mgovaward.uz/uz/ariza-topshirish/

“MGovAward” – bu eng yaxshi mobil ilovalarni ishlab chiqish boʻyicha respublika koʻrik-tanlovidir. Tanlovning maqsadi oliy oʻquv yurtlari talabalarining IT-dasturlarni ishlab chiqish borasidagi salohiyatini rivojlantirish va kuchaytirish va yoshlarning axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlashdir.

Mobil ilovalarni ishlab chiqish yoʻnalishlari: taʼlim, sogʻliqni saqlash, turizm va madaniyat, tadbirkorlik, transport va logistika.

Loyihalarni tanlashning asosiy mezonlaridan biri quyidagilardan iborat boʻladi: ilovani kelgusida samaradorligi, uning innovatsionligi va foydalanishda osonligi.



 

2019-11-15