Mutaxassislar “Adrenaline Open Cyber Cup - powered by IT PARK” turnirida kimlar gʻolib boʻlishi haqida oʻz fikrlarini bildirishmoqda

2020-yil 17-aprel kuni CS:GO va FIFA20 boʻyicha “Adrenaline Open Cyber Cup – powered by IT PARK” turnirining chorak final va yarim final bosqichlari boʻlib oʻtdi.

Eslatib oʻtamiz, CS:GO boʻyicha saralash bosqichidan 8 ta jamoa oʻtdi. Shulardan 4 ta jamoa yarim finalga chiqdi:

ARCRED vs Fdnz eSports

Liberty vs Speedrunners-

Ular orasidan 2 ta jamoa finalga chiqishga muvaffaq boʻldi:

ARCRED vs Liberty

FIFA oʻyiniga kelsak, unda jami 256 nafar ishtirokchi bor edi. Koʻp sonli oʻyinlardan, chiroyli gollardan va geympad ushlab toliqqan qoʻllardan keyin, FIFA20 boʻyicha musobaqamizning eng kuchli ikki oʻyinchisi finalga chiqdi.

Finalga chiqqan oʻyinchilar:

Matyoqubov Dilshod

Solixboyev Qahramon

Shuningdek, biz professional sharhlovchilar va kibersport boʻyicha mustaqil ekspertlar bilan bogʻlanishga va ularning ushbu turnir ishtirokchilari, ularning gʻolib chiqish imkoniyatlari va ularning favoritlari haqidagi shaxsiy fikrlarini bilishga muvaffaq boʻldik.

Biz ularning fikrlarini siz bilan boʻlishmoqchimiz:

1. DamageUz va uzCastʼdan mustaqil ekspert – Nurlan (Wakizashi)

“Menimcha, ertaga CS:GO boʻyicha turnirda ARCRED jamoasi gʻalaba qozonadi.  Bu bolalar onlayn turnirlardagi kabi, LAN-turnirlarida ham katta oʻyin tajribasiga ega. Ularning ishtirokidagi oʻyinlarni juda koʻp bora sharhlashga toʻgʻri kelgan. Bu jamoa oʻyinchilarining ustunligi shundaki, ular oʻyin davomida tezkor nostandart qarorlar qabul qila olishadi va birinchi raundlardanoq ustunlikni oʻz qoʻllariga olishadi. Ammo sharhlovchi sifatida har ikkala finalchi jamoaga ham omad tilayman, chunki barcha tomoshabinlar singari men ham qizgʻin oʻyinning guvohi boʻlishni xohlayman.

Turnir haqidagi fikrlarimga kelsak... Ochigʻini aytganda, men turnirning tashkil etilishida yuqori sifatli va professional yondashuvni kutgan edim va turnirning koʻp qismlari yaxshi saviyada oʻtdi. Masalan, karantin vaqtida “uy”da turnir oʻtkazilishini olsak, bu juda ajoyib, shu bilan birga maroqli boʻldi. Hozir, butun dunyodagi barcha sport turlari ogʻir kunlarni boshdan kechirayotgan bir paytda, kibersport har tomonlama oʻsib bormoqda, odamlar u bilan tanishisha boshlayaptilar va biz eSport deb nomlaydigan bu oʻyinlar qiziqarlilik va tomoshabopligi jihatidan boshqa sport turlaridan kam emasligini tushunib boryaptilar. Mening kutganlarim oʻzini oqladimi? Ha, ortigʻi bilan oqladi – katta mukofot jamgʻarmasi, yaxshi tashkiliy ishlar, sharhlovchilar bilan professional efirlar – barchasi uchun tashkilotchilar IT-Park va Adrenalin Rush jamoasiga hurmatimni bildirmoqchiman!

Umuman olganda, dastlab men STORMIX jamosini qoʻllab-quvvatlayotgan edim, ammo afsuski, bu yigitlar chorak finaldan oʻta olishmadi. Ularga omad tilayman va kelgusi mavsumda ularni yangicha ruhda kutib qolaman”.

2. FIFA 13 boʻyicha Osiyo chempioni, FIFA va CS:GO sharhlovchisi – Pavel Saprikin

“CS:GO yoʻnalishida koʻzga koʻringan yetakchi jamoa –Arcred. Yigitlar hozirgi vaqtda mamlakatimizning eng kuchli jamoasi maqomini olishgan. Bir necha oy ichida ular katta yutuqlarga erishdilar, bu esa professional tayyorgarlik jarayonining samaradorligini yana bir bor tasdiqlaydi.

FIFA yoʻnalishida finalda juda jiddiy oʻyin boʻlishi kutilmoqda. Qahramon ham, Dilshod ham juda tajribali va kuchli oʻyinchilar, shuning uchun bu oʻyinning qanday natija bilan tugashini oldindan aytish qiyin. Birinchidan, men chiroyli futbolni va koʻproq gollarni koʻrishni istayman, tomoshabinlar haqiqiy futbolni sogʻinishmoqda va biz raqamli maydondagi bu “tashnalikni” qondirishimiz kerak.

Ushbu turnir men uchun kutilmagan sovgʻa boʻldi, ayniqsa hammamiz uchun oson boʻlmagan bir vaqtda. Avvaliga men turnir borasida biror narsani kutdim deb ayta olmayman, ammo tashkiliy darajadan mamnunman va ushbu turnir davlat ommaviy axborot vositalarida yoritilganidan ham juda xursandman. Oʻyinning Futbol TV telekanalida toʻgʻridan-toʻgʻri efirga uzatilganining oʻzi misli koʻrilmagan voqea boʻldi va bu milliy kibersportimiz tarixida yangi davrni ochib beradi. Umid qilamanki, kelgusida bunday musobaqalar doimiy ravishda oʻtkaziladi va toʻgʻridan-toʻgʻri efirga uzatib boriladi.

Meni kimni qoʻllab-quvvatlaganimga kelsak, men dastlab CS:GO boʻyicha koʻplab doʻstlarim va tanishlarim ishtirok etgan bir nechta jamoalarni qoʻllab-quvvatladim, shuning uchun alohida birortasini ayta olmayman. Shunga qaramay, Nikki va Tomasning ajoyib chiqishi (agar adashmasam, Liberty jamoasi) bugun hech kimni befarq qoldirmadi, shuning uchun “eski maktab” yigitlarga haqiqiy “kontr strayk” nima ekanligini koʻrsatib qoʻyganidan juda xursandman.

FIFAʼda kutilmagan holatlar boʻlmadi, menimcha, yarim finalga juda kuchli oʻyinchilar chiqishdi, bu borada Ilhom Turdiqulovni juda munosib natija koʻrsatganini aytib oʻtmoqchiman, u uchinchi oʻrin uchun boʻladigan oʻyinda munosib kurash olib borishiga ishonchim komil”.

3. FIFAʼning professional oʻyinchisi – Abdusapi Qayumov (Legend)

“Birinchidan, IT-Park va Adrenalin Rushʼga shunday ajoyib turnirni tashkillashtirganligi uchun minnatdorchilik bildirmoqchiman. Ertaga FIFA oʻyini finalida Matyoqubov Dilshod Solixboyev Qahramonaga qarshi oʻyinga chiqadi. Ikkalasi ham bir-birini yaxshi biladigan va uzoq vaqtdan beri FIFA20ʼda oʻynab kelayotgan yaxshi raqiblar. Ular bir-birini juda yaxshi oʻrganishgan va oʻylaymanki, oʻyin juda qiziqarli boʻladi. Menimcha, ertaga bu yigitlar teng kurash namoyish etishadi. Kim yutishini esa, ertaga koʻramiz.

Turnirga kelsak, bir-biriga qarshi oʻynab, hamma birlashdi, bir-birlari bilan tanishishdi, doʻstlashishdi. Koʻplab tomoshabinlar bizning efirimizni tomosha qilishdi va kibersport nima ekanligini bilib olishdi. Bunday turnirlar har birimiz uchun, ayniqsa yoshlar uchun foydalidir.

Mening barcha umidlarim oʻzini oqladi. Koʻplab yaxshi va maroqli oʻyinlar boʻlib oʻtdi. Baʼzilarning meni turnirning yuqori darajada oʻtgani bilan tabriklashlarini eshitish ham men uchun qiziqarli boʻldi. Menimcha, turnir juda yaxshi oʻtyapti. Men bundan mamnunman.

Men oldin ham bunday musobaqalarni tashkil etishda ishtirok etganman va koʻmaklashganman. Ammo bu turnir menga bergan eng asosiy narsa bu tajriba boʻldi. Bunday turnirlar koʻproq boʻlgani yaxshi. Bugun yoshlar ushbu turnirdan haqiqiy adrenalin olishdi!

Mening favoritlarimga keladigan boʻlsak, ular bir nechta edi va ulardan biri – Solixboyev Qahramon finalga chiqdi!”

4. CS:GO yoʻnalishi boʻyicha turnir sharhlovchisi – Doniyor Nomozov (BATbKA)

“Sharhlovchi sifatida men biron bir jamoani yutadi deb oldindan ayta olmayman yoki ustun deya olmayman. Ammo tomoshabin sifatida men ARCRED emas, Liberty jamoasini ustunroq deb hisoblayman. Nega ARCRED emas? Chunki ARCRED kabi hali juda yosh boʻlgan jamoa magʻlubiyatsiz rivojlana olmaydi. ARCRED kabi jamoa uchun magʻlubiyat albatta kerak. Magʻlubiyat, bilasizki, odamni kuchliroq qiladi. Va agar inson kuchayib borsa, demak, kelajakda uning magʻlubiyati kamroq boʻladi. Tajriba esa har doim oʻz soʻzini aytadi!

Aslida, men bu turnirdan hech narsa kuta olmasdim, chunki bu onlayn-turnir va onlayn-turnirlar har doim bir xil tamoyil asosida oʻtkaziladi. Yaʼni, u yoki bu turnir oʻtkaziladigan platforma tanlanadi, standartga koʻra, bu FaceIT platformasi boʻladi, jamoalar roʻyxatga olinadi va oʻynashadi. Aslida, oʻyin juda yaxshi boʻldi, ammo afsuski, baʼzi serverlar Moskvada va Qozogʻistonda joylashgan edi – bu baʼzi noqulayliklarni keltirib chiqardi, masalan, pingda katta farq boʻldi. Biz masalan, yuqori ping bilan muammosi boʻlgan kishini bizning musobaqalarda oʻynashda maksimum ping olishi borasida hech narsa qila olmaymiz. Birinchi navbatda kerak narsa bu past ping boʻlib, u juda muhim omil hisoblanadi. Ping qancha past boʻlsa, shuncha yaxshi boʻladi. Ikkinchisi – yaxshi internet, uchinchisi – serverlarning joylashuvi. Adashmasam, Oʻzbekistonda umuman serverlar yoʻq, hech boʻlmaganda FaceIT platformasini qoʻllab-quvvatlaydigan serverlar yoʻq. Internet ham bizda kuchsiz. Bundan tashqari, shuni yodda tutish kerakki, hozirda Oʻzbekistonning deyarli barcha fuqarolari uyda va baʼzida koʻplab oʻzbek kompaniyalari tomonidan serverlarga ortiqcha oʻgʻilik tushyapti.

Lan-turnirda oʻynashda oʻyinchi oʻz stoliga eʼtibor beradi, avvalo sichqonchani surilishiga, klaviaturani bosilishiga, gilam hajmiga qaraydi va hokazo. Agar hamma narsa uni qoniqtirsa va turnir uchun yaratilgan sharoit unga yoqsa, bu oʻz-oʻzidan oʻyin davomida muammolar kelib chiqishi xavfini kamaytiradi. Bunday xavflar, masalan: sichqonchani yomon ishlashi, sichqonnni surayotganda gilamchaning yerga tushib ketishi boʻlishi mumkin.

Onlayn turnirda oʻyinning yomonlashishiga olib keladigan omillar kamroq, ammo ular jiddiyroq, misol uchun: Ping, serverlar (ular bir-biriga qanchalik yaqin boʻlsa, shuncha yaxshi), provayderlarimizning barqaror Interneti. Mana masalan: bugun oxirgi oʻyinda Chilonzor va Yunusobodda yashaydigan bir nechta futbolchilar internetda muammolarga duch kelishdi va ularning pinglari 200 atrofida boʻldi, bu juda yomon. Ular yaxshi oʻynay olishmadi va shu bilan 1-turda magʻlub boʻlishdi, shuningdek, taxminan 20 daqiqaga oʻyindan uzilib qolishdi (provayderlarda texnik ishlar olib borildi).

Ishtirokchilarning normal oʻynashlariga xalaqit beradigan barcha omillarga qarab, shuni aytishim mumkinki, bu tabiiy holat. Chunki bu IT Parkʼning birinchi turniri va kelgusida, shubhasiz, barcha tegishli tashkilotlar kabi, ular ham keyingi turnirlarni oʻtkazishda barcha kutilmagan holatlarni hisobga olishadi, serverlardagi xatolarni qandaydir yoʻl bilan tuzatishga harakat qilishadi va hokazo.

Sharhlovchi sifatida men juda katta tajribaga egaman, bunday ajoyib oʻyinlarni ikki kun davomida (ertaga uchinchi kun boʻladi) sharhlash juda qiziqarli boʻldi. Albatta, birinchi kun biroz oddiyroq boʻldi, chunki kuchsiz jamoalar kuchli jamoalarga qarshi tushib qolishdi. Shunga koʻra, TOPʼga kirish uchun raqobat kuchaydi. Hech boʻlmaganda, mening sharhlashlarim darajasi oshib boryapti, sharhlash davomida shunday tuyuldiki, bir kun men bir soat davomida sharhlagandek, ertasi kuni esa butun kun davomida sharhlagandek boʻldim. Ikkinchi kuni biz 8 soatdan koʻproq oʻtirib, oʻyinlarni sharhladik. Toʻgʻrisi, ozroq charchadim, oʻtirib ovqatlanishga ham vaqt boʻlmadi (ogʻir tin oladi).

Turnir boshidan oʻz jamoam - Nasaf Gaming uchun muxlislik qildim. Men birinchi kundanoq turnirda qatnashaman, deb oʻylagandim. Menda Qarshida oʻzimning jamoam ham bor, uni sobiq Counter Strike 1.6 oʻyinchilaridan yigʻganman. Oʻzim va tajriba uchun bir nechta match oʻynayman, deb umid qilgandim. Chunki kelajakda kibersportchi boʻlishday mittigina orzum bor. Lekin men sharhlovchi sifatida ish boshlashga jiddiy qaror qildim va bu sohada oxirigacha borishga va oʻz maqsadimga erishishga harakat qilaman. Oʻz jamoamdan tashqari, men yana STORMIX jamoasiga ham muxlislik qildim, chunki unda Sekka, Gloomy va Nelson kabi juda yaxshi bolalar oʻynadilar. Bu uchta oʻyinchi bilan men yaxshi munosabatdaman. Shuningdek, juda yuqori ping va Qozogʻiston serverlarida oʻynay olmagan tufayli 1/16 bosqichda oʻyindan chiqib ketgan yana bir oʻyinchini alohida ajratib koʻrsatgan boʻlardim. Ular match paytida yutqazishga majbur boʻldilar. Men hozir SGX niki ostida qatnashgan oʻyinchi haqida gapiryapman, shuni taʼkidlash kerakki, bu bola hali juda yosh boʻlishiga qaramay yaxshi natijalarni qayd etmoqda. Biroq, afsuski, unda onlayn oʻyinchilarda kuzatiladigan internet bilan bogʻliq muammolar mavjud. Lekin Lan turnirlarda, kompyuter klubda juda koʻp oʻyinchilar toʻplanganda va ping oʻrtacha 5ms boʻlganda, bu oʻyinchiga teng keladigani yoʻq”.

5. CS:GO yoʻnalishi boʻyicha turnir sharhlovchisi - Sergey Shirxodjayev (Greedz0r)

“Xolisona fikrlasak, finalda ARCRED jamoasi gʻolib boʻladi, chunki ular kuchli, koʻp ba yaxshi shugʻullanishadi, ragʻbatlari baland, lekin qalbim bilan Liberty jamoasiga muxlislik qilaman. Albatta, bu mening shaxsiy fikrlarim, ammo efir paytida men butunlay xolis va betaraf boʻlaman.

Oʻzbekistonda 2007-2012 yillarda juda koʻp turnirlarni oʻtkazganman, oʻsha vaqtlarda ham qutulish qiyin boʻlgan har xil koʻlamdagi muammolar mavjud boʻlgan.

Bu turnirdan men minimal kamchilik, aniq tashkillanish va efir jarayonining sifatli yoʻlga qoʻyilishini kutgan edim. Va biz IT Park bilan bularning barchasini amalga oshirishga muvaffaq boʻldik.

Men oldin ham, bundan keyin ham qachonlardir oʻzim yaratgan jamoam - Stormga muxlislik qilaman.

18-may kuni uchinchi oʻrin uchun matchlar, va albatta, “Adrenaline Open Cyber Cup - powered by IT PARK” turnirining grand-finallari boʻlib oʻtadi, ularda biz nihoyat 60 000 000 soʻmni oʻzaro boʻlib oladigan gʻoliblarning ismini bilib olamiz.

Jadval:

FIFA

14:00 – Uchinchi oʻrin uchun match

17:00 – Final

CS:GO

15:00 – Uchinchi oʻrin uchun match

18:00 – Final

Jonli efirni quyidagi havolalar orqali va Furbol TV kanalida koʻrish mumkin:

2020-04-22