IT-Park – bu startap jamoalarga moliyalashtirish manbaalaroni topishda va oʻz loyihalarini amalga oshirishda yordam beradigan, shuningdek, ichki bozorda IT sohasidagi ishlanmalarni tashqi bozorda ilgari suruvchi tashkilot.
IT-Park oʻzining faoliyati davomia qanday loyihalarni amalga oshirishga erishganligi va kelgusida platformasini qanday istiqbollar bilan kutayotganligi toʻgʻrisida “Kommersant.uz”gа IT-Parkning Innovatsiyalar boʻyicha direktori, Shveytsariya investitsiya kompaniyasining Seedstars mintaqaviy vakili, Khan Academy Uzbek onlayn taʼlim platformasi direktorlar kengashi aʼzosi Abdulahad Qoʻchqorov gapirib berdi.
– IT-Park startaplar va yosh dasturchilarga qanday real yordam koʻrsatmoqda?
– Birinchidan, bizda inkubatsiya va akseleratsiya dasturlari mavjud: iqtidorli dasturchilar oʻzlarining gʻoyalarini biznes mahsulotlariga aylantirishlari va allaqachon yaratilgsn loyihalarni huquqiy, buxgalteriya va marketing yordami bilan rivojlantirishlari mumkin. Shuningdek, biz oʻz boʻlimlarimizni muvaffaqiyatli tadbirkorlar va startap jamoalarning murabbiylari va kuzatuvchilari sifatida ishlaydigan tajribali mutaxassislar bilan bogʻlaymiz. Akseleratsiya dasturining yakunida jamoalar oʻz mahsulotlarini investorlarga va AKTni rivojlantirish jamgʻarmasi mutaxassislari oldida taqdim etish imkoniyatiga ega boʻladilar.
Ikkinchidan, biz juda katta sovrin jamgʻarmalariga ega koʻplab startap-tanlovlar va hakatonlarning hammuallifi va hamkori sifatida ishlaymiz. Uchinchidan, IT-Parkda IT Akademiyasi va venchur fondi ochilgan. IT Akademiya barcha xohlovchilar dasturlashni oʻrganishlari mumkin bo’lgan joy. Biz koʻplab IT kompaniyalari bilan hamkorlik qilamiz – bu bizning bitiruvchilarimizni eng munosib lavozimlarga tez va samarali tavsiya etish imkonini beradi.
Bizning Venchur fondimiz axborot texnologiyalari boʻyicha venchur loyihalariga sarmoya kiritadi. Fondning maqsadli hajmi 10 million AQSh dollarini tashkil etadi, uning ishtirokchilari esa davlat mablagʻlari, xalqaro moliya institutlari, xorijiy investitsiya kompaniyalari va manfaatdor xususiy investorlar boʻladi. Har bir loyiha uchun oʻrtacha investitsiya miqdori 25 dan 100 ming dollargachani tashkil etadi.
– Ishlanmalarning huquqiy himoyasi taʼminoti qanday boʻladi?
– Inkubatsiya va akseleratsiya dasturlari doirasida intellektual mulkni himoya qilish boʻyicha mutaxassislar tomonidan oʻtkaziladigan mahorat darslari tashkil etiladi.
– Qaysi loyihalarga ustunlik beriladi?
– Umuman olganda, IT-Parkda 8 yoʻnalish mavjud: Fintech, Medtech, Agrotech, Avtotex, E-Gov, E-Commerce, IoT, Onlayn Education. Biz biron bir sohani ajratmaymiz, loyihalar faqat innovatsionlik, oʻziga xoslik va istiqbolliliga qarab baholanadi.
– Oʻquv dasturlaringiz haqida gapirib bering?
– Yuqorida taʼkidlab oʻtganimdek, IT-Parkda xalqaro standartlarga muvofiq barcha xohlovchilarni onlayn va oflayn rejimda oʻqitadigan IT-Akademiya faoliyat olib bormoqda. Hozirda Udacity oʻquv platformasining tarjimasi nihoyasiga yetmoqda, u toʻrtta yoʻnalish boʻyicha ommaviy ochiq onlayn kurslarni taqdim etadi: Front End Web Development, Data Analysis, Fullstack Web Development va Android Development.
Udacity 2012-yilda Stenford universitetining informatika dasturining kengayishi natijasida paydo boʻldi. Shuningdek, IT-Akademiyasida ushbu toʻrt yoʻnalish boʻyicha qoʻshimcha kurslar va konsultatsiyalar tashkil etiladi. Bir kursning davomiyligi 3 oy.
– Qanday startap loyihalar allaqachon amalga oshirib boʻlingan? Mamlakatdagi startaplar haqida umuman nima deya olasiz?
– Kelling, avvaliga oʻzimizning startap jamoalarimizning rivojlanishi haqida gapirib beramiz: IT-Park trekchilarining ishi tufayli Revisor loyihasida tayyor mvp (minimal hayotiy mahsulot) paydo boʻldi, shuningdek, bu guruh oʻz mahsulotlarini Toshkentdagi ikkita punktda sinov tartibida taqdim etdi. Delivera jamoasi oʻz mahsulotini sinovdan oʻtkazmoqda va tez orada Toshkent boʻylab oziq-ovqat yetkazib berish faoliyatini yoʻlga qoʻyadi. Fastago akseleratsiya dasturidagi jamoa oʻz tizimi foydalanuvchilarni koʻpaytirish va mahsulotni mukammallashtirish ustida ish olib bormoqda. Arzon Apteka loyihasi ham allaqachon amalga oshirilgan va u juda mashhur. Aytgancha, hozirda Fastago va Arzon Apteka investitsiyalarni jalb qilish borasida xorijiy venchur fondlari bilan muzokaralar olib bormoqda.
Umuman olganda startaplar haqida gapiradigan boʻlsak: soʻnggi ikki yil ichida Oʻzbekistonda startaplarni yaratish va rivojlantirishga qiziqish tobora ortib bormoqda. Koʻp jihatdan, bu davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlanishlar – bu sektorga taqdim etayotgan imtiyozlar, imkoniyatlar va moliyalashtirish tufayli yuzaga keldi. Oʻzbekistonda startap loyihalarini muhokama qilishga hali erta, bizning bozorimiz faqat paydo boʻlish bosqichida, shuning uchun 5-6 yil ichida birinchi natijalarni olishimiz mumkin. Shunga qaramay, MyTaxi, Payme, Click kabi loyihalar allaqachon amalga oshirilgan va mamlakatimizda juda muvaffaqiyatli faoliyat olob bormoqda.
– Startap loyihalarini amalga oshirishda koʻpincha qanday qiyinchiliklarga duch kelasiz?
– Asosiy “bosh ogʻrigʻi”: endi rivojlanayotgan ekotizim, mutaxassislarning tor doirasi, mahsulotlarga strategik buyurtmachilarning befarqligi, mablagʻyetishmasligi. Bu qiyinchiliklarning barchasini hal qilish uchun bizning IT-Parkimiz yaratildi.
– Bir necha yil oldin Mirzo Ulugbek Innovation Center chet ellik sheriklar bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyishga harakat qildi. Koʻpchilikning natijalari hafsalani pir qildi. Sizningcha, ularning xatosi nimada? Siz nima qilyapsiz? Sizning yondashuvingiz ulardan nimasi bilan farq qiladi?
– IT-Park toʻliq koʻlamli startap ekotizimni rivojlantirish bilan shugʻullanmoqda, u – dasturlash malakalarining paydo boʻlishidan boshlab, startaplar uchun investorlarni izlashgacha boʻlgan barcha bosqichlarni oʻz ichiga oladigan katta zanjir. Menimcha, MUIC ham, boshqa startap oʻyinchilar ham mamlakatimizning texnologik rivojlanishi uchun qoʻlidan kelgan barcha ishni qilmoqdalar. Bizning yondashuvimiz boshqalardan keskin farq qiladi, chunki bizda yangi ish boshlagan tadbirkor mahsulotni rivojlantirishning butun tizimini topa oladi. Biz startaplarni yaratish va rivojlantirishning butun mexanizmini oʻylab topdik, shuning uchun bizda IT-Akademiyasi ham, musobaqalar ham, incubator ham, akselerator ham, rezidentsiya ham venchur fondi ham mavjud.
Agar chet ellik hamkorlar haqida gapiradigan boʻlsak, biz hozirda Software Technology Parks of India (Nyu-Dehli), Tech Nation (London), Astana Hub IT-startaplarining xalqaro texnoparki (Nur-Sulton), “IT-Park” yuqori texnologiyalar texnoparki (Qozon), “Exadel” IOOO (Minsk), “IT-Park” yuqori texnologiyalar sohasidagi texnopark (Moskva), “PVT” yuqori texnologiyalar parki (Minsk) bilan hamkorlik olib bormoqdamiz.
– IT-Park ochilganida IT mutaxassislarining unga qanday munosabatda boʻlishdi? Parkning faoliyati davomida ularning munosabati qaysi tomonga oʻzgardi – ijobiy tomongami yoki salbiy tomongami?
– Rostini aytsam, bizni ikkilanish bilan kutib olishdi, chunki dastlab IT-Park Oʻzbekistonga oʻzi nima uchun kerakligini yaxshi tushunishmadi. Biroq, bir muncha vaqt oʻtgach, biz oʻz faoliyatimiz haqida gapira boshlaganimizda, yutuqlarimiz, tashkil etilgan tanlovlarimiz va tadbirlarimiz koʻzga tashlana boshlaganda, ularning biz haqimizdagi fikrlari oʻzgara boshladi. Endi biz haqimizda tanqid qilganlarning aksariyati, aksincha, bizni kutayotgan istiqbollar haqida gapirishmoqda. Zoʻr berib qilgan mehnatimiz soyada qolib ketmaganidan juda mamnunmiz.
– Tanlovlar haqida koʻproq maʼlumot bering?
– Biz 6 ta tanlovning hamkor tashkilotchilarimiz: mGovAward – eng yaxshi mobil ilovalarni ishlab chiqish boʻyicha talabalar oʻrtasida oʻtkazilgan respublika tanlovi; Open Data Challenge – har yili ochiq maʼlumotlardan foydalangan holda ilovalarni ishlab chiqish boʻyicha hakaton tanlovi; Ucell Mobile Challenge – uyali aloqa operatori uchun savdo ilovasi, mamlakatimiz mehmonlari va aholisi uchun foydali ilova va Fintech sohasidagi ilova kabi mobil ilovalarni ishlab chiqish uchun tanlov; Game Jam – 48 soat ichida oʻyin yaratish uchun tanlov (ishtirokchilarga oʻsha kuni mavzu beriladi, ular jamoalarga birlashibi yoki yakka oʻzi oʻyinni noldan boshlab rivojlantiradi); Sap Up – ijtimoiy startaplar va UzAuto Market – uch yoʻnalishda: IT, E-Auto va Smart City boʻyicha startap loyihalari tanlovi.
– IT-Parkdagi afzalliklar – bu yerda nima bor? Siz nima qilmoqchisiz?
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoniga binoan IT-Park aholisi 2028-yil 1-yanvargacha quyidagilardan ozod boʻladi:
Davlat maqsadli jamgʻarmalariga barcha turdagi soliqlarni va majburiy toʻlovlarni, shuningdek yagona ijtimoiy toʻlovni toʻlash;
Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan asbob-uskunalar, butlovchi qismlar, ehtiyot qismlar, uzellar, texnologik hujjatlar, dasturiy taʼminot uchun belgilangan tartibda tasdiqlangan roʻyxatlarga muvofiq bojxona toʻlovlarini toʻlash (bojxona yigʻimlari bundan mustasno).
Shuningdek, ular tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) eksport qilishdan tushadigan mablagʻ doirasida chet ellik mutaxassislarga ish haqini chet elda ochilgan xalqaro toʻlov kartalariga naqd pulsiz shaklda toʻlashi mumkin.
Shuningdek, IT-parkning rezidentlari bilan tuzilgan mehnat shartnomalari boʻyicha ishchilarga ish haqini toʻlash shaklida 2028-yil 1-yanvargacha olingan daromad:
– 10 yildan keyin IT-Parkni qanday tasavvur qilasiz?
– Nazariy jihatdan biz IT-Parkning 10 yildan keyingi kelajagini Oʻzbekistondagi IT sohasining jadal rivojlanishida koʻryapmiz: ikki-uch yil ichida Oʻzbekiston Markaziy Osiyoda texnologik yetakchiga aylanadi, besh-olti yil ichida oʻz yoʻllarini startaplar sifatida boshlagan birinchi oʻnta yirik IT-kompaniyalari paydo boʻladi, oʻn yildan keyin esa, biz har yili 30-50 ta muvaffaqiyatli startaplar yetkazib beradigan kichik IT-davlatiga ega boʻlamiz.
– Qoyilmaqom! Umid qilamizki, hammasi shunday boʻladi. Siz 10 yildan keyin rezident kompaniyalarni qanday tasavvur qilasiz?
– Bizda allaqachon rezidentlarimiz boʻlgan eksportga yoʻnaltirilgan IT-kompaniyalar mavjud. Bizning rezidentlarimizdan biri – “Revochain Technology” MChJ – boshqa mamlakatlarda transport logistikasini rivojlantirishga qaratilgan kompaniya. Bugungi kunda ular AQShdagi barcha logistika jarayonlarini nazorat qilishlari mumkin, jamoa har bir marshrutning xavfsizligini va yuklarni oʻz vaqtida yetkazib berilishini taʼminlay oladi. Oʻylaymanki, 10 yil ichida bizning rezidentlarimiz, masalan, Koreyadagi Samsung kompaniyasisingari oʻzlarining ichki inkubatorlari va tezlatgichlarini yaratib, bozorda yangi muvaffaqiyatli startap loyihalarini amalga oshiradilar.
Material IT-Park bilan hamkorlikda tayyorlandi.
2019-11-27