Oʻtgan fevral oyida Balatech xalqaro olimpiadasi tashkilotchilari $5000 ajratilgan qoʻshimcha turni eʼlon qilgan edilar.
*Eslatib oʻtamiz, qoʻshimcha tur topshiriqlarni bajarish jarayonida texnik muammolar bilan ishtirokchilarning toʻqnashuvi holatlari koʻpayganligi munosabati bilan tashkil etilgan edi.
Qolaversa, asosiy bosqichda O‘zbekiston 49 nafar g‘olib bilan 2-o‘rinni egallashga muvaffaq bo‘lganini ham ta’kidlash joiz: 6 ta kumush va 43 ta bronza medal.
Kategoriyalar boʻyicha:
5–7-sinf oʻquvchilari orasida: 15 ta sovrinli oʻrinlar;
8–9-sinf oʻquvchilari orasida: 21 ta sovrinli oʻrin;
10–11-sinf oʻquvchilari orasida: 13 ta sovrinli oʻrinlar.
Olimpiadada qatnashish uchun ro‘yxatdan o‘tganlarning umumiy soni 60 000 nafardan ortiq bo‘lib, ularning 25% (15 000 kishi) O‘zbekiston ishtirokchilari. Shundan 2200 nafar ishtirokchi olimpiadaning o‘ziga yo‘l olgan bo‘lsa, shundan 34% (742 nafar) mamlakatimiz vakillari.
Qo‘shimcha tur yakunlariga ko‘ra O‘zbekiston 3 ta oltin, 4 ta kumush va 5 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Asosiy raundda birinchi o‘rinni 102 nafar sovrindor bilan Qirg‘iziston Respublikasi, uchinchi o‘rinni – 14 nafar sovrinli oʻrinlar bilan Qozog‘iston Respublikasi, soʻngra Moldova Respublikasi, Ukraina, Tojikiston Respublikasi va Ozarbayjon Respublikasi – 15 ta umumiy sovrinli oʻrinlar bilan. Jami 189 ta sovrinlin oʻrinlar oʻynaldi.
Tez orada IT Park olimpiada g‘oliblari va sovrindorlarini taqdirlash uchun bog‘lanadi.
Olimpiada g‘olib va sovrindorlarini tabriklaymiz va bundan keyin ham muvaffaqiyatlar tilaymiz!
2022-03-18