Oʻzbekiston IT-kompaniyalariga jahon bozoriga chiqishda yordam beradigan yetakchi konsalting kompaniyalar va xalqaro tadbirlar

Zamonaviy dunyoda texnologiya sanoati tobora globallashib bormoqda va Oʻzbekistondagi kompaniyalar, ayniqsa “Local to Global” dasturida ishtirok etayotgan IT Park rezidentlari uchun jahon bozoriga muvaffaqiyatli chiqishda koʻrsatiladigan qoʻllab-quvvatlash va ekspert maslahatlariga ega bo‘lish muhim hisoblanadi. Ushbu maqolada biz IT-kompaniyalarga mamlakat tashqarisida oʻz bizneslarini kengaytirishda yordam berishga ixtisoslashgan yetakchi konsalting kompaniyalarini, shuningdek, IT Park rezident kompaniyalariga ishtirok etish uchun tavsiya etilgan xalqaro tadbirlar roʻyxatini koʻrib chiqamiz.

Biznesni kengaytirish boʻyicha konsalting xizmatlarini koʻrsatuvchi yetakchi kompaniyalar:

  1. “Plug&Play Uzbekistan”

“Plug and Play Uzbekistan” kompaniyasi butun dunyo boʻylab asosiy strategik bozorlarga chiqish boʻyicha konsalting xizmatlarini koʻrsatgan holda IT sohasidagi mahalliy isteʼdodlar va tadbirkorlarni ularning oʻsish va innovatsiyalar strategiyasida qoʻllab-quvvatlash bilan shugʻullanadi.

  1. “Silk Road Innovation Hub”

“Silk Road Innovation Hub” — IT-kompaniyalarga samarali xalqaro kengayish strategiyalarini ishlab chiqish va amalga oshirishda yordam koʻrsatish uchun konsalting xizmatlarini taqdim etadi. Kompaniya bozorga kirish, oʻsish strategiyalari va jarayonlarni takomillashtirish boʻyicha tahlillarni taklif qiladi.

  1. “MOST IT Hub”

“MOST IT HUB” — Qozogʻiston kompaniyasi boʻlib, biznesni rivojlantirishning barcha bosqichlarida — gʻoyani ishlab chiqishdan tortib, uni amalga oshirish va investitsiyalarni jalb qilishgacha boʻlgan davrda tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlash orqali Markaziy Osiyo mamlakatlarida tadbirkorlik faoliyatini yaxshilashni maqsad qilgan.

  1. “Deloitte Consulting”

“Deloitte” IT-kompaniyalarga xalqaro kengayish muammolarini, jumladan, bozorga kirish strategiyalari, qonunchilikka rioya qilish va risklarni boshqarish boʻyicha konsalting xizmatlarini taqdim etadi.

  1. “PricewaterhouseCoopers (PwC) Consulting”

“PwC” IT-kompaniyalarga global kengayish uchun konsalting xizmatlarini taklif qiladi. Kompaniya bozor tadqiqotlari, birlashish va sotib olish strategiyalari va jarayonlarni optimallashtirishda yordam beradi.

  1. “Ernst & Young (EY) Consulting”

“EY” IT-kompaniyalarga xalqaro kengayish strategiyalari, jumladan, bozorga kirish, mahalliylashtirish va risklarni boshqarish boʻyicha konsalting xizmatlarini taqdim etadi.

  1. “KPMG Consulting”

“KPMG” IT-kompaniyalarga xalqaro kengayish strategiyalari, jumladan, bozorga kirish, soliqlarni rejalashtirish va qonunchilikka rioya qilish boʻyicha konsalting xizmatlarini taqdim etadi.

Shuningdek, IT Park rezident kompaniyalari xalqaro tadbirlarda ishtirok etishlari mumkin. Mazkur tadbirlar nafaqat xalqaro hamkorlar bilan aloqa oʻrnatish, balki eng soʻnggi texnologik tendensiyalarni oʻrganish, tajriba almashish va oʻz mahsulot va xizmatlarini jahon miqyosida taqdim etish uchun ajoyib imkoniyatlarni taqdim etadi.

IT Park rezident kompaniyalariga ishtirok etish uchun tavsiya etilgan kelgusi xalqaro tadbirlar taqvimi*:

“Japan IT Week Spring” — 24-26 aprel, Yaponiya (Tokio)

“IAOP Outsourcing World Summit” — 21-22 may, AQSh (Chikago)

“Startup Autobahn Expo 2024 Plug&Play” — 6-iyun, Germaniya (Shtuttgart)

“London Tech Week” — 10-14 iyun, Buyuk Britaniya (London)

“Gamescom” — 21-25 avgust, Germaniya (Kyoln)

“Bahrain International Technology Exhibition” (GiTEX) — 14-18 oktyabr, Bahrayn

“TechCrunch Disrupt” — 28-30 oktyabr, AQSh (Kaliforniya)

“WebSummit” — 11-14 noyabr, Portugaliya (Lissabon)

“Slush” — 20-21 noyabr, Finlyandiya (Xelsinki)

“Call and Contact Center Expo 2024” — 28-30 noyabr, Buyuk Britaniya (London)

Shu kabi tadbirlarda qatnashish kompaniyalarning global miqyosdagi ishtirokini kengaytirishga va biznes uchun yangi imkoniyatlarni jalb qilishga salmoqli hissa qoʻshishi mumkin.

* — baʼzi tadbirlar va sanalar oʻzgarishi mumkin.

2024-03-26