11-mart kuni Toshkent shahridagi “Ramada” mehmonxonasida Hindistonning O‘zbekistondagi elchixonasi tomonidan IT Park bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Oʻzbekiston – Hindiston. Hamkorlikning yangi davri” nomli tadbir boʻlib oʻtdi. Hamkorlikning yangi davri” nomli tadbir boʻlib oʻtdi. Konferensiya Hindistonning yetakchi IT-kompaniyalari bilan oʻtkazilgan B2B uchrashuvlar uchun platforma vazifasini bajardi.
Tadbirdan koʻzlangan maqsad IT sohasidagi soʻnggi tendensiyalarni muhokama qilish, Oʻzbekiston va Hindiston IT-kompaniyalari oʻrtasidagi hamkorlik salohiyatini aniqlash va Oʻzbekistondan qilinadigan IT-xizmatlar eksporti hajmini oshirishga koʻmaklashuvchi kelgusidagi loyihalar uchun zamin yaratishdan iborat.
2023-yil oxiriga kelib IT Park rezidentlarining eksport hajmi $344 millionga yetdi, 2030-yilga kelib esa Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan belgilangan maqsadga muvofiq, ushbu ko‘rsatkich $5 milliardga yetkazilishi kerak. Hindiston kompaniyalari esa bu borada asosiy hamkorlardan biridir.
Tadbir doirasida Hindistonning Oʻzbekistondagi elchisi Manish Prabhat va IT Park Uzbekistan ijrochi direktori Abdulahad Qoʻchqorovlar soʻzga chiqib, Hindiston kompaniyalari bilan hamkorlikning ahamiyati haqida gapirib, IT Park faoliyati haqida batafsil maʼlumot berdilar.
Xususan, Oʻzbekistonda IT-biznesni yuritish uchun soliq imtiyozlari va preferensiyalar kabi yaratilgan imkoniyatlar va qulay sharoitlar taʼkidlandi. Shuningdek, Oʻzbekiston bozoriga hech qanday xavf-xatarlarsiz kirishni xohlovchi xorijiy IT va BPO-kompaniyalari uchun barcha turdagi korporativ soliqlar va QQS toʻlovlaridan ozod qiluvchi IT Park rezidentlik maqomi, “Zero Risk” va “Regional Headquarters” dasturlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar taqdim etildi.
Konferensiyada Hindistonning “PCA Global Associates”, “Vasu Nath Enterprises”, “Batoi Systems Pvt Ltd”, “Itemperance Consulting Pvt Ltd”, “Itemperance Consulting Pvt Ltd”, “2S Global Technologies Limited”, “Consulting Automatix Pvt Ltd”, “Power One Microsystems Pvt Ltd”, “Resonous Technologies Pvt Ltd” kabi yirik IT-kompaniyalari vakillari ishtirok etdilar.
Oʻzbekiston va Hindiston IT-kompaniyalari quyidagi asosiy yoʻnalishlarda IT-autsorsing sohasida hamkorlikni rivojlantirishni muhokama qildilar:
Ushbu tadbir Oʻzbekiston va Hindistonning hamkorlik munosabatlarini mustahkamlash va yuqori texnologiyali loyihalarni rivojlantirishga intilishini tasdiqlaydi hamda IT-sanoati muhim rol oʻynaydigan hamkorlikning yangi davrini boshlab beradi.
2024-03-13