O’zbekistonda Axborot Texnologiyalari sohasidagi dastlabki Texnologik Parkning ochilishiga oz fursat qoldi!

17 iyul kuni O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Matbuot va axborot agentligi binosida O’zbekistonda axborot texnologiyalari sohasida dastlabki Texnologik park – IT Parkning ochilishiga bag’ishlangan birinchi matbuout anjumani bo’lib o’tdi.

Matbuot anjumanida O’zbekiston axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalrini rivojlantirish vazirining birinchi o’rinbosari Umarov Olimjon Muhammadjonovich, Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalri texnologik parki direktori Ibragimov Farxod Zairovich, IT Park maslahatchisi janob Partasarti, IT Parkning boshqa ma’sul xodimlari va ommaviy axborot vositalari vakillari hamda Toshkkentning taniqli bloggelari ishtirok etishdi.
Matbuout anjumanining asosiy mavzusi joriy yilning 24-iyul kuni bo’lib o’tishi kutilayotgan IT Parkning ochilish marosimi bo’ldi. Tadbirda ko’plab savollar muhokama qilindi, jumladan, IT Parkning kelgusidagi faoliyati, Texnopark dasturlari – inkubatsiya va akseleratsiya dasturiga arizlar qabul qilish, ushbu dasturlarning tanlov shartlari, IT Akademiya faoliyati va IT Park rezidenti bo’lish talablari.
Matbuot anjumani davomida aytib o’tildiki, hozirga kelib inkubatsiya va akseleratsiya dasturlariga arizlar qabul qilish jarayoni muvaffaqiyatli tarzda yakuniga yetgan. Qabul qilib olingan bir yuz uch (103) nomzodlar orasidan 41 % akselertsiya dasturiga (42 ta ariza) topshirilgan bo’lsa, qolgan 59 % (61 ta ariza) inkubatsiya dasturida qatnashish uchun yuborilgan. Ariza yo’llaganlaring eng yoshi -16 yosh, eng katta yoshli nomzod esa 67 yoshda. Foiz ko’rsatkichida olinadigan bo’lsa, ariza yuborganlarning 51% ni 16 dan 25 yoshgacha bo’lganlar, 31% ni 26 dan 35 yoshgacha bo’lganlar va 18 % ni 36 hamda undan yuqori yoshdagilar tashkil qilishdi. Kelib tushgan arizlar orasida axborot texnologiylarining quyidagi yo’nalishlari yetakchilik qildi: Elektron tijorat 54 %, Onlayn ta’lim – 13 % va IoT – 12 %.
Tadbirda yana shular ta’kidlandiki, IT Park o’z kasbining ustasi sifatida katta tajribaga ega bo’lgan mahalliy hamda xorijiy mutaxassislar bilan hamkorlik qiladi. Shuningdek, IT Park o’z mamlakatlaridagi axborot texnologiylari sohasining yetakchi kuchiga aylangan tashkilotlar bilan o’zaro aloqlarni rivojlnatiradi. Hozirgi kunda IT Park «Software Technology Parks of India» ( Yangi Dehli), «Tech Nation» (London), Xalqaro Startaperlar Texnoparki Astana Hub» (Nur-Sultan), Yuqori texnologiyalar sohasidagi Texnopark «IT-Park» (Qozon), XMCHJ «Eksadel» (Minsk), Mirzo Ulugbek Innovation Center», Toshkent shahridagi Inha Universiteti, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, «Business school humo campus» MCHJ, kovorking markazlar tarmog’i «GroundZero» va «C-SPACE» kovorking markazi kabi tashkilotlar bilan rasman hamkorlik aloqalarini o’rnatgan.
Bundan tashqari, matbuot anjumanida ta’kidlandiki, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 30 iyundagi «O’zbekiston Respublikasida axborot texnologiyalari sohasini rivojlantirish uchun sharoitlarni tubdan yaxshilash chora-tadbirlari to’g’risida» gi PF-5099-sonli Farmoniga binoan IT-Park rezidentlari 2028 yilning 1 yanvarigacha bo’lgan muddatga qadar quyidagilardan ozod etiladilar:
Barcha turdagi soliqlar va davlat maqsadli jamg‘armalariga majburiy ajratmalarni, shuningdek yagona ijtimoiy to‘lovni to‘lashdan;
belgilangan tartibda tasdiqlanadigan ro‘yxatlar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan, o‘z ehtiyojlari uchun olib kirilayotgan uskunalar, butlovchi qismlar, detallar, uzellar, texnologik hujjatlar, dasturiy ta’minot vositalari uchun bojxona to‘lovlari to‘lashdan (bojxona yig‘imlaridan tashqari);
tovarlar (ishlar, xizmatlar) eksportidan tushgan tushumlar doirasida xorijiy mutaxassislarning chet el valyutasida naqd pulsiz shaklda ish haqi xorijda ochilgan xalqaro to’lov kartalariga to’lashga ruxsat beriladi.
Yuqoridagi imtiyozlardan tashqari, xodimlar tomonidan IT Park rezidentlari bilan tuzilgan mehnat shartnomalari bo‘yicha 2028 yil 1 yanvargacha olingan mehnatga haq to‘lash shaklidagi daromadlar:
jismoniy shaxslarning belgilangan daromadlariga solinadigan soliq foiz stavkasi 7,5 foiz;
Soliq solish maqsadida belgilanadigan jismoniy shaxslarning umumiy yillik daromadlari hajmiga kiritilmagan.


2019-07-17