28-aprel kuni soat 10:30da IT-ACADEMYʼda ayollar va yosh avlod malakasini oshirish boʻyicha IT-Markazining ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi.
Tadbirda O‘zbekiston axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish Vaziri Shermatov Sherzod Xotamovich, IT Park Uzbekistan, hamda, ITU va ZTE kompaniyalarining vakillari ishtirok etadilar.
Markazning ochilishi O‘zbekiston ayollari va yoshlarining raqamli savodxonligi darajasini oshiradi va AKT-xizmatlaridan foydalanish darajasini oshiradi. Bundan tashqari, yangi platformaning vazifalari qatorida – texnologiyalardagi gender tafovutini kamaytirish, hamda, raqamli tadbirkorlikni rivojlantirish va mamlakat iqtisodiyoti tarmoqlarini transformatsiyalashni rag‘batlantirish kiradi.
Tadbirda mehmonlar ishga joylashish imkoniyatlari haqida bilib olishlari mumkin. Taklif etilgan spikerlar orasida O‘zbekistondan IT-faollari ham ishtirok etadilar. Ular IT-sohasiga qanday kirib kelganlarini va hozirgi paytda nimalar bilan shug‘ullanayotgani haqida gapirib berishadi, hamda, o‘z tajribalari bilan boʻlishadilar.
2022-04-26