O‘zbekistonda ayollar va yosh avlod malakasini oshirish bo‘yicha IT-Markazi ochildi

28-aprel kuni soat 10:30da IT-ACADEMYʼda ayollar va yosh avlod malakasini oshirish boʻyicha IT-Markazining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

 Marosimni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish Vazirining birinchi o‘rinbosari Pekos Oleg Andreyevich ochdi. Tadbirda IT Park Direktori Farhod Ibragimov, ITU mintaqaviy direktori Natalia Mochu va ZTE rahbariyati ham so‘zga chiqdilar.

Markazning ochilishi texnologiya sohasidagi gender tafovutini kamaytiradi va O‘zbekiston ayollari va yoshlarining raqamli savodxonligi darajasini oshiradi.

 “Respublika uchun ayol-mutaxassislarga e’tibor qaratilishi juda muhim.  Ayolni tarbiyalash orqali biz ziyoli oilaga erishamiz.  Chunki onalar bolalarga bilim berishlari mumkin.  Bugungi kunda ayollarning AKT sohasida ishtiroki atigi 33%ni tashkil etadi.  Ammo vazirlik buning ustida ishlamoqda”, – dedi Oleg Pekos o‘z nutqida.

Natalia Mochu ushbu markazning ochilish sanasi bir sababga koʻra tanlanganini taʼkidladi – tadbir AKTʼdagi ayollar kuniga bagʻishlangan.

 “Loyiha 2019-yilda pandemiyadan oldin boshlangan.  Biz ushbu loyiha bilan barcha qiyinchiliklarni boshdan kechirdik va bugun nihoyat markazni ochmoqdamiz.  Biz bu sohaga ko‘plab ayollarni jalb qilamiz degan umiddamiz. Hamkorlarimizga minnatdorchilik bildiramiz, ularsiz muvaffaqiyatga erisha olmasdik”.

 Tadbirda O‘zbekistonning IT-faollari spiker boʻldilar.  Ular IT-sohasiga qanday kelganliklari, bu boradagi tajribalari haqida gapirdilar.

IT-ACADEMY negizida ayollar uchun IT-Markaz ochildi.  IT Park Direktori Farhod Zairovich Ibragimov taʼkidlashicha, akademiya – barcha 205ta IT Park Markazlari ichida eng koʻp tashrif buyuruvchi Markazi hisoblanadi.

 “Markaz bitiruvchilarni ishga joylashtirish bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkichga ega.  Qizlar bu yerda oladigan koʻnikmalar ularga hatto uyda mustaqil boʻlganlarida ham pul ishlashlariga yordam beradi.  Umid qilamizki, yaqin kelajakda biz ayollar uchun yanada yangi imkoniyatlar ochamiz”.

2022-04-28