Oʻzbekistonda birinchi marta robototexnika boʻyicha respublika miqyosidagi “RoboTech” koʻrik-tanlovi boʻlib oʻtadi!

IT-Park qoshidagi “IT Center” “Revochain Technology” MChJ bilan hamkorlikda, Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi koʻmagida, Oʻzbekistonda, maktab oʻquvchilari orasida robototexnika boʻyicha birinchi koʻrik-tanlov – “RoboTech” tanlovining oʻtkazilishi haqida maʼlum qilmoqchi!

Koʻrik-tanlovning maqsadi: yoshlar oʻrtasida robototexnika sohasidagi ijodiy faollikni rivojlantirish va muhandislik ixtisosliklarini ommalashtirishga koʻmaklashish; taʼlim muassasalari oʻquvchilari orasida texnik modellashtirishni ommalashtirish; iqtidorli va qobiliyatli yoshlarni aniqlash va ularni qoʻllab-quvvatlash, ularni ijodiy faoliyatga jalb etish.

“RoboTech”ning oʻzi uch bosqichdan iborat boʻladi: tuman va shahar bosqichi; viloyat bosqichi; Respublika bosqichi (final).

Tuman, shahar va viloyat bosqichi gʻoliblari Intro tanlovi doirasida aniqlanadi va unda har bir jamoa oʻz robotining imkoniyatlarini koʻrsatib berishi, shuningdek, uning qobiliyatini namoyish qilishi kerak boʻladi.

Intro oʻz ichiga quyidagilarni oladi: loyiha haqida hikoya qilib berish va robotning ishi va/yoki oʻyin holatini koʻrsatib berish (10 daqiqadan koʻp emas); hayʼat aʼzolarining savollariga javob berish (5 daqiqadan koʻp emas); “X” maxsus topshiriqni bajarish, yaʼni unda qatnashuvchilar oʻzlarining robotlari uchun dastlab mavjud boʻlmagan funksiyaning dasturini yozishlari va bu vazifani bajarishini koʻrsatib berishlari kerak boʻladi. Robot bajarishi kerak boʻlgan vazifani hakamlar hayʼati belgilaydi.

2020-yil iyun oyida boʻlib oʻtadigan koʻrik-tanlovning finalida har bir viloyatdan eng yaxshi 14 ta jamoa ishtirok etadi va ular quyidagi uchta yoʻnalishdan biri boʻyicha bellashadilar: “Sumo Robot”, “Line Followower”, “Freestyle”:

Sumo robot – bunda, anʼanaviy yaponiya sumosidagi kabi, oʻzaro raqiblar jang qilishlari kerak boʻladi va raqibini ringdan chiqarib yuborgan robot gʻolib boʻladi.

Mazkur bellashuvda oʻziga xos “vazn toifalari” boʻladi:

  • Mega Sumo (20 x 20 sm, 3 kg)
  • Mini Sumo (10 x 10 sm, 500 g)
  • Mikro Sumo (5 x 5 sm, 100 g)
  • Nano Sumo (2,5 x 2,5 sm, 25 g)
  • Humanoid Sumo (50 x 20 sm, 3 kg)
  • Lego Sumo (15 x 15 sm, 1 kg)

Line Follower – mazkur bellashuvda robot oq fonda qora chiziq boʻylab yuradi. Marraga eng tez yetib borgan robot gʻolib boʻladi.

Freestyle – mazkur toifada ishtirokchilar oʻz robotining afzalliklarini namoyish etish uchun hamma narsa qilishlari mumkin.

Baholash mezonlari: ijodiy yondashish; muhimlik; ilm-fanga oidlik; bajarish sifati; murakkablik; qiziqarlilik, taqdimot sifati; jamoa ishi; kashfiyotchilik.

Gʻoliblar quyidagilarga ega boʻladilar:

1-oʻrin – Toshkent axborot texnologiyalari universitetida oʻqish uchun shartnoma toʻlovi + noutbuk;

2-oʻrin – noutbuk + LEGO mindstorm toʻplami;

3-oʻrin – LEGO mindstorm toʻplami.

Koʻrik-tanlovning final bosqichi Al-Xorazmiy nomli ixtisoslashtirilgan maktabda boʻlib oʻtadi.

Koʻrik-tanlovda qatnashish mutlaqo bepul va unda 8- sinfdan 11-sinfgacha boʻlgan oʻquvchilar ishtirok etishlari mumkin. Quyidagi sayt boʻyicha onlayn roʻyxatdan oʻtish orqali ariza berishingiz mumkin: https://forms.gle/nmanGf8DJEnMAaKN9

Arizalarni qabul qilishning soʻnggi muddati – 2020-yil 29-fevral.

2020-02-10