«O‘zbekistonda inklyuziv raqamlashtirish va BPO» mavzusida Xalqaro Davra Suhbati bo‘lib o‘tadi

6-aprel kuni «O‘zbekistonda inklyuziv raqamlashtirish va BPO» Xalqaro davra suhbati boʻlib oʻtadi.  Tadbir Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish Vazirligi, BMT Taraqqiyot Dasturining O‘zbekistondagi vakolatxonasi, IT Park Uzbekistan va Jahon banki hamkorligida tashkil etiladi.

Sessiyada ikkita asosiy mavzu muhokama qilinadi: O‘zbekistonda raqamli rivojlanish (joriy taraqqiyot va keyingi qadamlar) va biznes-jarayonlarni autsorsingni (BPO) joriy etish.

Tadbir quyidagi maqsadlarga ega:

 – O‘zbekistonning so‘nggi bir necha yil ichida raqamli rivojlanish sohasidagi yutuqlarini sarhisob qilish;

 – O‘zbekiston maxfiylik to‘g‘risidagi qonun loyihalarini qanchalik to‘g‘ri ishlab chiqqanini va kompaniyalarni BPO bozoriga kirishda buzilishlarni nazorat qilishini muhokama qilish;

 – Oʻzbekistonda BPO bozorini keng koʻlamda joriy etish imkoniyatlarini oʻrganish;

 – Ilg‘or xalqaro tajribalardan foydalangan holda inklyuziv raqamli transformatsiyani kuchaytirish va jadallashtirishga qaratilgan hukumat va rivojlanish bo‘yicha hamkorlar uchun individual siyosat bo‘yicha tavsiyalarni ishlab chiqish uchun platforma yaratish va boshqalar.

Tadbir gibrid shaklda o‘tkazilishi rejalashtirilgan: Zoom platformasi orqali onlayn video konferentsiya va oflayn.

 Davra suhbatida O‘zbekiston hukumati, BMTTD va Jahon bankining kirish so‘zlari, hamda, hukumat va xalqaro ekspertlarning asosiy taqdimotlari bilan 2 ta moderatorlik sessiyasi, so‘ngra muhokamalar, savol-javoblar hamda asosiy fikrlarning qisqacha mazmuni bo‘lib o‘tadi.

Tadbirda quyidagi vakillar ishtirok etadi:

 ● raqamli rivojlanishni rejalashtirish, nazorat qilish va amalga oshirish uchun masʼul Davlat organlari;

 ● Xalqaro hamjamiyat (BMT BMG, koʻp tomonlama tashkilotlar, xalqaro moliya institutlari, alohida elchixonalar, rivojlanish agentliklari va boshqalar);

 ● Raqamli boshqaruvga ixtisoslashgan tahlil markazlari, IIB va konsalting firmalari, PAR;

 ● Alohida ekspertlar va ixtisoslashgan mutaxassislar;

 ● OAV, mashhur bloggerlar;

 ● Xususiy sektor;

 ● Yoshlar va yoshlar tashkilotlari.

 IT Park Uzbekistan spikerlari:

●  Bohodir Ayupov, IT Park Uzbekistan direktori o‘rinbosari (O'zbekistonda biznes jarayonlarini Autsorsing qilish: ta’siri va oqibatlari);

● Biznes jarayonlari bo‘yicha maslahatchi Govindaswami Jayaram Naidu Parthasarthy (“Raqamlashtirish va BPO: Hindistondan istiqbol” mavzusi bilan);

● Shuningdek, biznes-jarayonlarni autsorsing bilan shugʻullanuvchi 3 ta IT Park rezident-kompaniyasi oʻz tajribalari haqida soʻzlab beradilar.

10:00 dan 13:00 gacha davom etadigan onlayn formatga roʻyxatdan oʻtish uchun havola (:

https://forms.gle/qQ4pXk8r62gxG4N58

2022-04-04