Oʻzbekistonda VALORANT boʻyicha turnir oʻtkaziladi

Oʻzbekistonda ilk bor ESPORTS JIZZAKH CUP – Jizzaxda bo‘lib o‘tadigan VALORANT intizomi bo‘yicha keng ko‘lamli turnir bo‘lib o‘tadi va u o‘z arenasida butun mamlakatdan eng yaxshi kibersportchilarni jamlaydi!

Turnir VALKYRIE ESPORTS kompaniyasi tomonidan Raqamli texnologiyalar vazirligi, IT Park, Jizzax viloyati hokimligi, Yoshlar ishlari agentligi va Sambram University hamkorligida tashkil etildi.

Musobaqaning maqsadi – ushbu yo‘nalishni keng ommalashtirish va sportchilarni yagona tizimga birlashtirishdan iborat. Bundan tashqari, kibersport turnirlari o‘yin sifatini oshirish hamda o‘yinchilar, murabbiylar va tomoshabinlar oʻrtasida muloqot qilish uchun platformaga aylanmoqda.

Umumiy sovrin jamgʻarmasi 89 million soʻmni tashkil qiladi, sovrinli oʻrinlar esa sakkizta boʻladi! Pul mukofotlari gʻoliblar oʻrtasida quyidagicha taqsimlanadi:

  • 1-o‘rin – 40 mln so‘m;
  • 2-o‘rin – 30 mln so‘m;
  • 3-o‘rin – 10 mln so‘m;
  • 4-o‘rin – 5 mln so‘m;
  • 5–8-o‘rinlar – har biri 1 mln so‘mdan.

Lekin bu hali hammasi emas: gʻoliblarni Misrga 6 kishilik unutilmas sayohat ham kutmoqda!

Jamoalar 18-iyunga qadar davom etadigan ochiq kvalifikatsiyalarda qatnashish uchun ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin:

  • Birinchi kvalifikatsiya: 2-iyun (Valorant Cup — Cyberium X ValkyriE)
  • Ikkinchi kvalifikatsiya: 6-iyun
  • Uchinchi kvalifikatsiya: 12-iyun
  • Toʻrtinchi kvalifikatsiya: 18-iyun

Havola orqali ryxatdan ting: https://valkyrie-cybersport.com/

2023-05-30