O‘zbekistondagi eng mashhur IT platformalardan birining integrasiyasi: u qanday ishlaydi?

AQSHdagi informatika fani bo‘yicha o‘quv dasturlarining yetakchi platformalaridan biri bo‘lgan Code.org endilikda “One Million Uzbek Coders” loyihasining o‘quv dasturiga kiritiladi.

Bu nimani anglatadi?

Bu endilikda O‘zbekiston yosh avlodi hamda boshqa IT sohasida faoliyat ko‘rsatishni xohlovchilar Code.org platformasi resurslaridan foydalanishlari va kelajak mutaxassisliklaridan birini mukammal o‘zlashtirishlari mumkinligini anglatadi.

Code.org xalqaro hamkorlik boʻyicha vitse prezidenti Leonardo Ortiz Villakorta oʻz videomurojaatida rasman Code.org “One Million Uzbek Coders” loyihasining bir qismiga aylanishini va u bolalarning kreativlik, mantiqiy va algoritmik fikrlash, muammolarni yechish va jamoada ishlash qobiliyati va boshqa kerakli koʻnikmalarini rivojlantirish orqali ularning potensialini oshirishga koʻmak berishini maʼlum qildi.

Leonardo Ortiz o‘z videomurojaatida IT Park, Dubai Future Foundation va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik qilish orqali O‘zbekistondagi maktab o‘quvchilariga informatika fanini o‘qitish bo‘yicha ta’lim kontentini yaxshilashga hissa qo‘shish mumkinligini aytdi.

Leonardo Ortiz Code.org platformasining Ozbekistondagi rasmiy lokalizasiyasi va informatika fani asoslari boyicha Code.org oquv dasturiga, shuningdek, 4 yoshdan 18 yoshgacha bolgan yoshlar uchun 200 soatlik mashgulotlarni tashkil qiluvchi «Hour of Code» va videodarslar seriyasiga ozbek tili kiritilganligi elon qildi.

Men Ozbekistondagi barcha ota-onalar va oqituvchilarni ushbu platformani organishga va barcha maktab oquvchilariga ushbu kontentni yetkazishni boshlashga chaqiraman”, - deya qoshimcha qildi Leonardo Ortiz.

Code.org – bu maktablarda kompyuter fanini oʻrganishni kengaytirishga qaratilgan notijorat tashkilot. Code.orgʼning maqsadi barcha maktablardagi har bir talaba kompyuter fanini asosiy taʼlimning bir qismi sifatida oʻrganish imkoniyatini berish. Code.org AQSHning eng yirik maktab okruglarida kompyuter fanlari boʻyicha oʻquv dasturlarining yetakchi provayderi. Bundan tashqari, ushbu platforma «Hour of Code» har yillik xalqaro kampaniyasi tashkilotchisi boʻlib, hozirgi kunda butun dunyodagi dunyo boylab milliarddan ortiq talabalarni jalb qilmoqda.

Code.org homiylari: Microsoft, Facebook, Amazon, Infosys Foundation, Google va boshqa IT giganlari.

«Code.org» platformasida 1 700 000 dan ortiq oʻqituvchi va 53 000 000 dan ortiq oʻquvchi roʻyxatdan oʻtkazilgan. 2019-yil kurslarning 70 000 dan ortiq bitiruvchisi ishga joylashishga muvofiq boʻlishgan.

Platformadagi barcha kurslar bepul va interaktiv formatda taqdim etiladi.

Platforma havolasi: http://code.org

Videomurojaatga havola: https://www.youtube.com/watch?v=SU-UgMrrkcU&t=7s

2021-01-06