18-20 mart kunlari Toshkent va Samarqand shaharlarida Oʻzbekiston Raqamli texnologiyalar vazirligi va IT Park Uzbekistan hamkorligida tashkil etilgan “Offshore Outsourcing Tour 2024” xalqaro ITES tadbiri boʻlib oʻtmoqda.
_1710845478.png)
Tadbirdan koʻzlangan asosiy maqsad xalqaro kompaniyalarga Oʻzbekistonning axborot texnologiyalari va autsorsing sohasidagi salohiyati, shuningdek, mamlakatga sarmoya kiritish uchun hukumat tomonidan yaratilgan imkoniyat va chora-tadbirlarni namoyish etishdan iborat.
18-mart kuni “Offshore Outsourcing Tour 2024” tadbiri qatnashchilari Oʻzbekistondagi yetakchi IT-kompaniyalardan biri, dasturiy ilovalarni ishlab chiqishga ixtisoslashgan “RealSoft” ofisiga tashrif buyurishdi. Ushbu kompaniya 20 yildan ortiq vaqt davomida faoliyat olib boradi hamda hozirgi kunda 200 dan ziyod ishchi mutaxassislariga ega.
_1710845430.png)
“RealSoft” kompaniyasining investitsiyalar boʻyicha direktori Abdukarim Qodirov kompaniya faoliyati haqida taqdimot oʻtkazdi, unda oʻzining boy tajribasi va muvaffaqiyatli loyihalari haqida batafsil gapirib berdi. Mehmonlar, shuningdek, amalga oshirilgan IT-mahsulotlarni ishlab chiqish va qoʻllab-quvvatlash bilan shugʻullanuvchi boʻlimlarga tashrif buyurib, kompaniyadagi vazifalar qanday yo‘lga qo‘yilgani haqida tasavvurga ega boʻlishdi.
_1710845528.png)
Tashrif davomida “RealSoft” vakillari tajriba va bilim almashish imkoniyatiga ega boʻldilar. Tashrif yakunlari boʻyicha xorijiy kompaniyalar va “RealSoft” vakillari hamkorlik va kelgusi sheriklik istiqbollarini muhokama qildilar.
2024-03-18