Olimjon Muxamadjanovich Umarovni O'zbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi etib tayinlangani bilan tabriklaymiz!

2020 yil 27 mayda O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining birinchi o‘rinbosari Olimjon Muxamadjanovich Umarov O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi - IT texnologiyalar, telekommunikatsiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish masalalari departamenti boshlig‘i etib tayinlandi.

Eslatib o'tamiz, Olimjon Muxamadjanovich o'z mehnat faoliyatini 2006 yilda "UZINFOCOM" kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish va joriy etish markazida boshlagan, u yerda u bosh mutaxassis, marketing va tahlil guruhi rahbari bo'lib ishlagan, 2017 yil iyunidan 2020 yil maygacha esa O'zbekiston Respublikasining axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirning birinchi o'rinbosari bo'lib ishlagan.

Bundan tashqari, Olimjon Muxamadjanovichning, xususan, IT-park loyihasini yaratish va rivojlantirishda, shuningdek, butun O'zbekiston IT sohasini rivojlantirishdagi hissasi bebahodir. Uning qat'iy rahbarligi ostida har bir viloyat markazida tashkil etiladigan IT-parklar va IT-markazlarning kontseptsiyasi, "One Million Uzbek Coders" loyihasi ishlab chiqilgan bo'lib, u har bir kishiga IT mutaxassisliklarini bepul o'rganish imkoniyatini beradi va yoshlarning IT sohalariga qiziqishini oshirishga qaratilgan ko'plab tanlov va loyihalarni amalga oshiradi.

Sizga yangi lavozimda yanada kattaroq IT yechimlar yaratishda omad va kuch tilaymiz.

Hurmat bilan,
IT Park jamoasi.

 

2020-05-27