2020-yilning 16-dekabr kuni “One Million Uzbek Coders” loyihasi oʻz yubileyini onlayn ravishda nishonlaydi.
Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov, Birlashgan Arab Amirliklari hukumat ishlari vaziri Muhammad Bin Abdulloh Al-Gergavi, Dubai Future Foundation direktori oʻrinbosari Abdulaziz Al-Jaziri, Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirining oʻrinbosari Rustam Karimjonov va boshqalar ishtirok etishadi.
Tadbir davomida sizni “One Million Uzbek Coders” loyihasi ishtirokchilarining qiziqarli va motivatsion hikoyalari kutmoqda, ularning har biri uzbekcoders.uz platformasida kurslarni oʻtash haqida soʻzlab beradi. Bundan tashqari, IT Park tomonidan Dubai Future Foundation bilan birgalikda tashkil etilgan uchta tanlov gʻoliblariga pul mukofotlari taqdim etiladi. Uchala musobaqaning ham umumiy mukofot jamg'armasi 100 000 dollarni tashkil etadi.
Shu kuni quyidagi musobaqalarning gʻoliblari e’lon qilinadi:
1. IT Park Cup
- IT Park Cup - bu mukofot jamgʻarmasi 30 000 AQSh dollarni tashkil qiluvchi onlayn sport dasturlash chempionati.
2. Students Cup
- Students Cup –bu tanlovning mukofot jamgʻarmasi 30 000 AQSh dollarini tashkil qiladi va Toshkent shahridagi 8 ta OTM talabalari uchun tashkil qilingan. Tanlov talabalar oʻrtasida tadbirkorlik va startap ekotizimni rivojlantirish uchun tashkil etilgan.
3. Open Data Challenge 2020
Open Data Challenge 2020 – bu har yili otkaziladigan tanlov boʻlib, mukofot jamgʻarmasi 40 000 AQSh dollarini tashkil etadi. Shuningdek, bu xakaton Oʻzbekistonning axborot texnologiyalari, tadbirkorlik va iqtisodiyot sohalarida ochiq ma’lumotlarni rivojlantirishga qaratilgan.
Bundan tashqari, yubileyda panel muhokamasi tashkil etiladi. Shuningdek, panel muhokamasi davomida ishtirokchilar ta’lim va "Bir million o'zbek koderi” loyihasiga bogʻliq boʻlgan barcha savollariga “Dubay Future Foundation” jamgʻarmasi direktorining oʻrinbosari Abdulaziz Al-Jaziriga, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirining oʻrinbosari Rustam Karimjonovga tomonidan javob olishlari mumkin.
Shuningdek, talabalarni code.org prezidenti oʻrinbosari Leonardo Ortiz Villakorta tomonidan kutilmagan sovgʻalar kutmoqda. Jonli efirni biz bilan tomosha qiling!
Jonli efirga havola:
www.youtube.com/watch?v=5ni-51168_0
2020-12-15