IT-Park Jahon banki, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi, YeXHTʼning Oʻzbekistondagi loyihalari koordinatori, Jahon banki, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyihalarni boshqarish boʻyicha Milliy agentlik va Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda 2019-yil 13-15 dekabr kunlari “Open Data Challenge 2019” hakatonini oʻtkazadi!
Joriy yilning 1-oktabridan 1-dekabriga qadar arizalar qabul qilish tashkil etildi va deyarli 400 ga yaqin arizalar qabul qilindi!
Arizalar boʻyicha kichik statistika shuni koʻrsatdiki, ariza beruvchilarning koʻpchiligi frilanserlar va xususiy sektor vakillari (21%), shuningdek, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va Toshkent shahridagi Inha universiteti (har biri 17% dan), Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti (9%), Toshkent shahridagi Amity Universiteti (5%), Toshkentdagi Xalqaro Vestminster Universiteti (2%), Toshkent Xalqaro Vestminster Universiteti qoshidagi akademik litsey va boshqa OTMʼlar (24%) talabalari boʻlishdi.
Ixtisoslik boʻyicha boʻlinish shuni koʻrsatdiki, ariza beruvchilarning 68 foizini dasturchilar, 9 foizini sotuvchilar, 7 foizini dizaynerlar, 4 foizini mahsulot menejerlari, 4 foizini universal xodimlar va 8 foizini boshqa kasb vakillari tashkil qildi.
Tanlovning eng ommabop yoʻnalishlari ijtimoiy soha uchun ochiq maʼlumotlar (30%) boʻldi, ommabopligi boʻyicha ikkinchi oʻrinda davlat sektori (29%), undan keyin biznes (23%) va maʼlumotlarni oʻzgartirish va shakllantirish (18%) sohasi boʻldi.
Eslatib oʻtamiz, “Open Data Challenge 2019” hakatoni – bu har yili oʻtkaziladigan ochiq maʼlumotlardan foydalangan holda ilovalarni ishlab chiqish boʻyicha tanlov hisoblanadi.
Ushbu tanlovning maqsadlari:
Tanlovning asosiy sharti – tadbirning oʻtkazilishi davomida ochiq maʼlumotlardan foydalangan holda raqamli yechim (ilova, xizmat, qurilma) yaratish.
2019-12-06