Esingizda bo‘lsa, 2021-yil 21-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Buxorodagi IT Park filialiga tashrif buyurugan edi va u yerdagi mahalliy yoshlar bilan suhbatlashib, ayrimlarining loyihalari bilan tanishib chiqqan edi.
Ushbu yoshlar tarkibida “Open Data Challenge 2020” xakatonida sovrin qozongan ikkita jamoa ham bor. Vakillar Prezident bilan suhbatlashdi va o‘zlarining loyihalarini taqdim etdi.
“PhalconDevs”
- Jamoa o‘zlarining dori-darmonlarni izlash va harid qilishga qaratilgan “Aptechka 24” onlayn xizmat loyihasi bilan biznes yo‘nalishida 1-o‘rinni egalladi hamda $6000 miqdoridagi mukofotni qo‘lga kiritdi.
“XOR_Progger”
- Ushbu jamoa chet el valyutasiga bog‘laq bo‘lgan mahsulotlar narxlarini aniqlashga imkon beruvchi platformalari bilan maktab o‘quvchilari toifasida 3-o‘rinni egalladi.
Uch kun davomida “Open Data Challenge 2020” doirasida ishlab chiqilgan ushbu IT yechimlar Prezidentga Buxorodagi IT Park filialiga tashrifi kuni taqdim etildi.
Takidlash joizki, Prezidentimiz buxorolik yoshlarning salohiyatini yuksak baholab, bu soha mamlakatimiz taraqqiyoti uchun juda muhim ekanini ta’kidladi.
Eslatib o‘tamiz, “Open Data Challenge 2020“ doirasidagi xakaton — bu O‘zbekiston iqtisodiyoti, axborot texnologiyalari va tadbirkorlikda ochiq ma’lumotlarni rivojlantirishga qaratilgan yillik xakaton. Xakaton mohiyati ochiq ma’lumotlardan foydalangan holda ilovalarni ishlab chiqishdan iborat.
Xakaton IT Park tomonidan, YXHT’ning Oʻzbekistondagi loyihalar koordinatori, Oʻzbekiston Respublikasi davlat statistika qoʻmitasi, Dubai Future Foundation hamda “One million Uzbek Coders” dasturi koʻmagida tashkil etilgan.
2021-02-01