Open Online Pitch loyihasining birinchi sessiyasi muvaffaqiyatli oʻtdi!

2020-yil 23-martda birinchi onlayn pitch boʻlib oʻtdi, unda startaplar asoschilari oʻz loyihalarini mahalliy va xorijiy venchur investorlarga, venchur fondlari vakillariga, shuningdek, biznes angellarga ochiq onlayn formatda taqdim etish imkoniyatiga ega boʻldilar.

Birinchi ochiq onlayn sessiyada quyidagi startaplar chiqish qildilar:

1. Mammo Cancer AI (MedTech)

Mammo Cancer sunʼiy aql yordamida koʻkrak saratoni tashxisi boʻyicha tekshiruv oʻtkazish imkonini beradi. Loyiha bir qator muammolarni, jumladan aniq tashxis qoʻyish, tashxis qoʻyishda inson omilining talab etilmasligi, saratonni erta bosqichda aniqlash muammolarni hal qiladi.

Onlayn pitchga oʻtish uchun havola: https://www.youtube.com/watch?v=9MtkHgzM8rU

2. Roboteach (EduTech)

Ingliz tilini masofadan oʻqitish loyihasi. Loyiha juda koʻp darslar, testlar, videofayllarni oʻz ichiga olgan. PlayMarketʼda yuklab olish mumkin.

Onlayn pitchga oʻtish uchun havola: https://www.youtube.com/watch?v=Iws3pXu6Geg&t=158s

3. Pereday (Logistics)

Pereday – yetkazib berish xizmati. U tadbirkorlar, onlayn shoperlar, mehnat muhojirlari va sayohatchilarga moʻljallangan. Xizmat mahsulotni/obʼyektni yuborishni yoki olishni istagan buyurtmachi va olib borib berish ishini amalga oshiradigan va buning uchun mukofot oladigan sayohatchini bogʻlaydigan platforma shaklida tashkil etilgan.

Onlayn pitchga oʻtish uchun havola: https://www.youtube.com/watch?v=whZlLX-Vw6g&t=19s

4. Girgitton (Food delivery)

Onlayn pitchga oʻtish uchun havola: https://www.youtube.com/watch?v=TH8HA9Q7swM&t=345s

Bu oziq-ovqatlarni yetkazib berish xizmati. U vaqtni tejashga, buyurtmaning bajarilishini real vaqt rejimida koʻrishga; tez yetkazib berish va yaqin atrofdagi kafe va restoranlarni qidirishga imkon beradi.

Oʻtgan sessiya davomida sarmoyadorlar tomonidan startaplarning asoschilari baholandilar va  uarga tegishli taklif va mulohazalar berildi.

Bundan tashqari, startaplarga koʻplab savollar berildi va buning natijasida loyihalarga oid munozarali masalalarni yanada aniqroq yoritishga erishildi.

Tinglovchilar sifatida investorlar, AVIUz aʼzolari: “Astron”, “Sturgeon Capital”, “RB Asia”, “Altergate”, “Yellow Rocket” venchur fondlari, shuningdek, yakka tartibdagi venchur investorlar klubi va koʻplab biznes angellar ishtirok etishdi.

Eslatib oʻtamiz, Open Online Pitch – bu IT-Park va Oʻzbekiston venchur investitsiyalar assotsiatsiyasi oʻzaro hamkorlikda tashkil etgan loyiha boʻlib, unda ishtirok etish shartlari quyidagicha:

Loyihada ishtirok etish barcha xohlovchilar uchun bepul va ochiqdir.

Arizalar Oʻzbekiston Respublikasining barcha viloyatlaridagi startap-jamoalardan qabul qilinadi.

Pitch-sessiyalar ZOOM platformasida ochiq formatda boʻlib oʻtadi (dasturiy ilovani shaxsiy kompyuterga va/yoki smartfonga oʻrnatish kerak) va keyinchalik Youtubeʼga yuklab qoʻyiladi.

Taqdimot vaqti 5 daqiqa + savol/javob uchun 10 daqiqa.

Loyihada ishtirok etish:

  • Startap sifatida ishtirok etish uchun taqdimot tayyorlash va quyidagi havola orqali roʻyxatdan oʻtish kerak: https://forms.gle/f7pR8uQGSJxajmVV9
  • Potentsial investor sifatida ishtirok etish uchun quyidagi havola orqali roʻyxatdan oʻtish kerak: https://forms.gle/CG45H2NBq2CvBygdA

Investitsiya strategiyasi:

Investitsiyalash sohasi – EduTech, MedTech, SciTechʼdan boshlab GameDevʼgacha boʻlgan barcha yoʻnalishlar.

Oʻrtacha chek – rivojlanish bosqichiga qarab, 15 ming AQSh dollari (ekvivalenti) va undan ortiq miqdorda.

Investitsiyalash shakli – jamoaviy investitsiya (co-investment) va boshqalar.

Loyihadagi ulushi – rivojlanish bosqichiga qarab, 30% gacha.

Loyihaning rivojlanish bosqichi – gʻoyani amalga oshirishdan oldingi bosqich (pre-seed) va undan yuqori bosqichlar.

Dastlabki tanlovdan oʻtgan eng yaxshi startaplar investorlar bilan kelgusida muzokaralar olib borish uchun yopiq onlayn-sessiyalarga taklif qilinadi.

Kelgusidagi va oʻtgan pitch-sessiyalar haqidagi yangiliklar ijtimoiy tarmoqlarda va IT-Parkning (https://t.me/itpark_uz) va Venture Investitsiyalar Assotsiatsiyasining (https://t.me/uzvca) Telegram-kanallarida berib boriladi.

2020-03-24