2021-yil 5-noyabr kuni IT Park O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi ko‘magida Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash institutining Qarshi filialida yangi inkubatsiya markazini ochdi.
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining viloyat hududiy boshqarmasi boshlig‘I Aripov Sanjar Kamolovich, Innovatsion rivojlanish vazirligi hududiy boshqarmasi boshlig‘I Olimjon Abduraufovich Mavlonov, texnika fanlari doktori, oʻquv qismi uchun Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash instituti prorektori Alimov Baxtiyor Xudayorovich, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filiali rektori Turgʻunov Adilbek Muxtorovich, IT Parkning hududiy boʻlimini rivojlantirish boʻyicha startap ekotizimi menejeri Kutbidinov Bunyod tadbirning asosiy ishtirokchilari boʻlishdi.
Mazkur inkubatsiya markazini tashkil etishning asosiy maqsadi yoshlarning innovatsion loyihalari va startaplarini amalga oshirishda har tomonlama qo‘llab-quvvatlashdan iborat. Liderlar muntazam ravishda mahorat darslari, xakatonlar, ideatonlar va boshqa startap tanlovlarini o‘tkazib turadilar, ularda talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga yetakchi IT mutaxassislar tomonidan taqdim etilgan mentorlardan javob olishlari mumkin. Ochilish marosimiga turli ta’lim muassasalari talabalari taklif etilib, ular IT park va inkubatsiya markazlari faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.
Har bir oliy o‘quv yurtidagi inkubatsiya markazlari simsiz internetdan cheksiz foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lib, yosh avlod vakillarining yangi loyihalarini yanada muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun barcha zarur jihozlar va uzluksiz elektr ta’minoti bilan ta’minlangan.
Qashqadaryo viloyatida ham hududda startap ekotizimini rivojlantirish uchun yana 2 ta inkubatsiya markazlari, xususan, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filiali va Qarshi davlat universitetida ochilishi rejalashtirilgan.
Eslatib oʻtamiz, hozirgi kunda respublika boʻylab 24 ta inkubatsiya markazlari ochilgan.
2021-11-08