2020-yilning 26-fevral kuni Qashqadaryo viloyatining Kasbi tumanida raqamli texnologiyalarni oʻqitadigan birinchi oʻquv markazi, yaʼni IT-Markaz ochildi. Ancha vaqt davomida faoliyat koʻrsatmagan telefon stansiyasi binosi markaz uchun qurilish obyekti sifatida tanlandi. Toʻliq taʼmirdan keyin bino faoliyat uchun zarur boʻlgan uskunalar va texnologiyalar bilan jihozlandi.
Ochilish marosimida Kasbi tumani hokimi Toʻxtamurod Meyliyev, vazirlikning hududiy departamenti rahbari Sanjar Oripov, IT Park qoshidagi IT-Markazlar direktori Nodir Alibekov, jamoat arboblari, davlat taʼlim muassasalari vakillari, IT sohasidagi tashkilotlar va kompaniyalar, shuningdek, talabalar ishtirok etishdi.
Taʼkidlash kerakki, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan besh tashabbusning uchinchi yoʻnalishida aholi va yoshlarni kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishga oʻqitish nazarda tutilgan. Shunga muvofiq respublika boʻylab jami 188 ta mana shunday markazlarni ochish rejalangan, Qashqadaryodagi raqamli texnologiyalarga oʻqitish markazi 23 markazga aylandi.
Qashqadaryodagi oʻquv markazi fevral oyi oxirida ochilgan yagona markaz boʻlibgina qolmay, joriy yilning 28-fevral sanasida, Qashqadaryodagi markaz oʻz eshiklarini aholiga ochgandan atigi bir necha kun oʻtib, yana bir IT-Markaz Xorazm viloyatining Gurlan tumanida ochildi. Boʻsh turgan “Oʻzbektelekom” AJ binosi yangi markaz uchun tanlandi.
Mazkur yuqori texnologiyalar oʻquv markazining ochilish marosimida vazirlikning hududiy boshqarmasi vakillari, turli idoralar va tashkilotlar, Xorazm viloyatining masʼul xodimlari va soha fidoyilari ishtirok etishdi.
Ushbu oʻquv markazlarida kompyuter savodxonlogini oshirish, dasturlash, robototexnika, internet bilan ishlash, kibersport toʻgaraklari va boshqa yoʻnalishlar boʻyicha kurslar tashkil etiladi. Shu bilan bir qatorda, bu markazlarda korxona va tashkilotlar xodimlarining malakasini oshirish ham rejalashtirilgan.
Shuni taʼkidlash oʻrinliki, IT markazlarda oʻquv jarayoni yoshlar va telekommunikatsion korxonalar uchun maʼruza zallari va kompyuterlashgan auditoriyalarda quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha oʻtkaziladi:
— yangi texnologiyalarni joriy qilish;
— innovatsion tadbirkorlik va elektron tijorat asoslari;
— IT loyihalar, kompyuter texnologiyalarini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha zamonaviy va samarali mexanizmlarni yaratish;
— shu bilan birga, dasturlash, robototexnika va kibersport asoslarini oʻqitish boʻyicha barcha zarur sharoitlar yaratilgan..
Markazlarda asosiy eʼtibor autsors xizmatlarni rivojlantirish uchun dasturchilarga ingliz tilini oʻrgatish va davlat korxonalari xodimlarining malakasini oshirishga qaratiladi.
Hozirgi kunda Birlashgan Arab Amirliklari bilan hamkorlikda “One million Uzbek Coders” dasturi ham qizgʻin oʻtkazilmoqda. Raqamli texnologiyalarga oid oʻquv markazlarining ochilishi tufayli yoshlar ushbu loyiha faol jalb etiladilar.
2020-03-11