Joriy yilning 2-mart kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasida joylashgan TATU Nukus filiali qoshidagi Inkubatsiya markazida startap-loyihalar asoschilari uchun inkubatsiya dasturi doirasida Demo Day bo‘lib o‘tdi.
Inkubatsiya dasturi – IT Park tomonidan Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti (YXHT) loyihalar Koordinatori, Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi TATU Nukus filiali va Edunomics oʻquv markazi koʻmagida ishga tushirilgan mahalliy yoshlarning startaplarini rivojlantirishga qaratilgan loyiha.
Inkubatsiya dasturining ishtirokchilari o‘z startaplarini muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun zarur ko‘nikmalarni shakllantirish maqsadida 2,5 oy davomida IT, tadbirkorlik, marketing va boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha yuqori malakali mutaxassislar bilan o‘z malakalarini oshirdilar.
Dastur boʻyicha 23 ta loyiha oʻqitildi, natijada namoyish kunida 3 ta eng istiqbolli startap loyihalar aniqlandi:
1. BILIM — rus va ingliz tillarini videodarsliklar bilan o‘rgatuvchi mobil ilova.
2. BOOKIE – Nukusda qoraqalpoq adabiyotining mashhur asarlarini tinglash mumkin boʻlgan audiokitoblar savdo maydonchasi.
3. MBAZAR – chorva mollari va yer xomashyosini sotib olish va sotish maydonchasi.
Natijada Demo Day loyihalari BILIM, BOOKIE va MBAZAR 10 000 000 so‘mlik sertifikat bilan taqdirlandilar, shundan 5 000 000 so‘mi o‘z loyihasini yanada rivojlantirishga, qolgan 5 000 000 soʻmni esa IT sohasida taʼlim olish uchun, qolaversa, barcha ishtirokchilarga dastur yakunida diplomlar topshirildi.
2022-03-04