Raqamlashtirish sohasida xizmatlar eksporti bo‘yicha shartnomalar tuzishga ruxsat etiladigan xalqaro platformalar ro‘yxati tasdiqlandi

15-mart kuni Prezidentning “Tadbirkorlik subyektlariga xalqaro platformalar orqali raqamli texnologiyalar sohasida xizmatlar koʻrsatish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori (PQ-129-son, 15.03.2024 y.) qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, huquqiy eksperiment tariqasida raqamlashtirish sohasida xizmatlar koʻrsatish boʻyicha eksport shartnomaviy hujjatlarni xalqaro platformalarda rasmiylashtirishga ruxsat beriladi.

2024-yil 1-apreldan huquqiy eksperiment doirasida IT Park rezidentlari tomonidan raqamlashtirish sohasidagi xizmatlar (ular amalga oshirishi ruxsat etilgan faoliyat turlari roʻyxatiga muvofiq) eksporti boʻyicha xalqaro platformalarda elektron shaklda rasmiylashtirilgan qiymati 100 ming AQSH dollarigacha (yoki ushbu ekvivalentga teng miqdorgacha) boʻlgan shartnomalar elektron hujjat sifatida tan olinadi hamda ularning qogʻoz shaklidagi nusxasi talab etilmaydi.

Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi tomonidan raqamlashtirish sohasida xizmatlar eksporti boʻyicha shartnomalar tuzishga ruxsat etiladigan xalqaro platformalar roʻyxati tasdiqlandi. Ular orasida:

  1. DocuSign (www.docusign.com);
  2. OneSpan (www.onespan.com);
  3. PandaDoc (www.pandadoc.com);
  4. Adobe (www.adobe.com);
  5. DropBox (www.dropbox.com);
  6. SignNow (www.signnow.com);
  7. Signable (www.signable.co.uk);
  8. SignEasy (www.signeasy.com).

2024-03-27