23 iyun kuni Samarqand shahrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva ko‘magida BMTning Davlat xizmati forumining (UNPSF 2025) ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Bu yilgi forum “2030-yilgacha besh yil: Barqaror kelajak uchun davlat xizmatlarini ko‘rsatishni jadallashtirish” mavzusiga bag‘ishlandi.
Forum Yevropa, Osiyo, Lotin Amerikasi va Afrikadan, jumladan, Samoa va Butan kabi kichik davlatlardan vazirlar va davlat xizmatiga mas’ul organlar rahbarlarini birlashtirdi. Shuningdek, xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar, ilmiy doiralar, fuqarolik jamiyati, xususiy sektor vakillari va innovatsiya yetakchilari ham ishtirok etmoqda.
Shuningdek, forum doirasida Raqamli texnologiyalar vazirligi "O‘zbekiston Respublikasi davlat organlari faoliyati samaradorligini baholash" dasturida g‘olib bo‘ldi.
Mukofotning ikkinchi sikli yakunlariga ko‘ra, tanlovda mamlakatimizning 17 ta vazirlik va idorasidan 140 ga yaqin ishtirokchi qatnashdi. Baholash 8 ta nominatsiya bo‘yicha o‘tkazildi. Jarayonga BAAdan 43 nafar ekspert va assessor, BAAdan 22 nafar mutaxassis jalb etildi.
Forum doirasida yalpi majlislar, mavzuli muhokamalar, strategik muloqotlar va ilg‘or amaliyotlar taqdimoti ham bo‘lib o‘tadi. Shuningdek, xalqaro hamkorlikni mustahkamlash, ayniqsa rivojlanayotgan davlatlar o‘rtasida tajriba almashish hamda davlat xizmatlaridan teng va adolatli foydalanishni rag‘batlantirishga qaratilgan Samarqand vazirlar deklaratsiyasi muhokama qilindi.
2025-06-24