Sirdaryo viloyatida Ideaton qanday oʻtdi?

2022-yil 18-mart kuni Sirdaryo viloyati IT Park filialida O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish Vazirligi ko‘magida O‘zbekiston Respublikasi hokimligi bilan hamkorlikda IT Park tomonidan Sirdaryo viloyati Hokimligi, Yoshlar bilan ishlash Agentligi, Guliston davlat universiteti va Toshkent kimyo-texnologiya instituti filiali bilan hamkorlikda tashkil etilgan Ideaton bo‘lib o‘tdi.

Ideaton – bu kelajakda o‘z texnologik biznesingizni yaratish uchun bir kun ichida g‘oyani o‘ylab topish va uni minimal hayotiy mahsulotga aylantirish imkonini beruvchi tadbir.

 Ideatonda quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha 25 ta loyiha ishtirok etdi:

 – tibbiyot;

 – energetika;

 – qishloq xoʻjaligi;

 – qurilish;

 – taʼlim.

Natijada, gʻoliblar boʻldi:

1-oʻrin: Alimp – oʻz-oʻzidan ishlab chiqaradigan energiyani yaqin atrofdagi kichik tashkilotlarni ekostansiyalar orqali elektr energiyasi bilan taʼminlash loyihasi.

 2-o‘rin: Java developers – foydalanuvchilar Yevropa va Osiyoda ish topishlari, hamda, aviachiptalarni onlayn bron qilishlari mumkin bo‘lgan loyiha.

 3-o‘rin: Creator – mamlakatimizdagi barcha kutubxonalarni birlashtirish, kitoblar xavfsizligini ta’minlash va statistik ma’lumotlarni yaratish bo‘yicha zamonaviy kutubxona tizimi.

G‘oliblar quyidagi sovrinlarga ega boʻladilar: birinchi o‘rin uchun – televizor, ikkinchi – planshet va uchinchi – smart watch.

Bunday tanlovlar yoshlarga startap ekotizimiga qo‘shilish va uni startap loyihalari uchun istiqbolli g‘oyalarga ega iqtidorli va izlanuvchan yoshlar orasida ommalashtirish imkonini beradi.

2022-03-28