Software Wizards bepul QA Engineering kursini ishga tushirdi

IT Park rezidenti boʻlgan Software Wizards kompaniyasi QA-tester (QA Muhandisi) kasbini oʻrgatish uchun onlayn kursni boshladi.

Loyihaning maqsadi dasturiy taʼminotni sinovdan oʻtkazish sohasida yuqori malakali mutaxassislarning yangi avlodini tayyorlashdan iborat.

Kurslar mutlaqo bepul va ingliz tilida olib boriladi. Birinchi maʼruza 5-sentyabr kuniga rejalashtirilgan. Taʼlim nazariy va amaliy mashgʻulotlarni oʻz ichiga olgan holda bitiruvchilarning real muammolarni hal qilishga tayyor boʻlishini kafolatlaydi.

19-sentabr kuni, bir nechta ochiq maʼruzalardan soʻng, eng gʻayratli va oʻqishga tayyor nomzodlarni aniqlashga yordam beruvchi kirish imtihonlari oʻtkaziladi.

Mashgʻulotlarning final bosqichi — yakuniy imtihon, 1-dekabr kuni boʻlib oʻtadi. Uning natijalariga koʻra, talabalar mehnat bozoridagi oʻz malakalarini tasdiqlovchi dasturni tamomlaganlik toʻgʻrisidagi sertifikatga ega boʻlishadi.

Kursga roʻyxatdan oʻtish:

https://en.dsr-corporation.com/courses/qa-school-application

Kompaniya haqida

Software Wizards DSR Corporation kompaniyasining Toshkentdagi filiali hisoblanadi. Korporatsiya 1998-yilda tashkil etilgan boʻlib, oʻzining 25 yillik tarixi davomida startaplar va global brendlar bilan hamkorlikda 1000 dan ortiq loyihalarni amalga oshirgan. DSR Corporation bosh qarorgohi AQShning Denver shahrida joylashgan.

2023-08-15