2021-yil 7-dekabr kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Urganch filialida IT Park rahbarligida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi ko‘magida sovrin jamg'armasi 6 000 000 so‘m bo‘lgan “Start-up Projects” tanlovi bo‘lib o‘tdi.
Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Urganch filiali talabalari tomonidan 32 ta ariza topshirilgan bo‘lib, shundan 18 tasiga tanlovga yo‘llanma berildi. Hakamlar hay’ati a’zolari rektorning ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha o‘rinbosari Sh.X.Ismailova, iqtisod fanlari nomzodi Timur Xudayberganov va boshqalar bo’lishdi.
Tanlov davomida turli innovatsion loyihalar taqdim etildi, ulardan quyidagi g‘oliblar aniqlandi:
Tanlov yakunida ishtirokchilarga Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Urganch filiali rektori Maqsudbek Baydanovning faxriy yorliqlari hamda g‘oliblarga pul mukofotlari topshirildi. Xususan, innovatsion loyihalar mualliflari ishlanmalarni samarali amalga oshirish va muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun hakamlar hay’ati a’zolaridan zarur maslahat va takliflar oldi.
Ta’kidlash joizki, universitet rahbariyati talabalarning salohiyatini rag‘batlantirish, axborot texnologiyalariga qiziqish darajasini oshirish maqsadida bunday IT tanlovlarni ko‘plab o‘tkazishni rejalashtirgan.
2021-12-10