TATUda Navro‘z umumxalq bayrami tantanalari bo‘lib o‘tadi

31-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti bilan hamkorlikda “Assalom Navro‘z – 2022” tadbirini tashkil etilmoqda.

Tadbirda AKT vazirligi va barcha mutasaddi tashkilotlar, jumladan IT Park va IT Park rezident kompaniyalari vakillari ishtirok etadilar.

Tadbir doirasida “Boʻsh ish oʻrinlari yarmarkasi” boʻlib oʻtadi, unda turli mahalliy va xalqaro kompaniyalar, shuningdek, IT-Park rezident kompaniyalari, xususan, “Maab Innovation”, “Cumulative Services”, “Octo”, "Exadel", "EPAM Systems", "ITECHART", "ITRANSITION", "Person Hunters", "Zero Soft Service" kompaniyalari taqdim etiladi.

Ishtirokchilar kompaniya vakillari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot qilishlari, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishlari, suhbatdan o‘tishlari, hattoki amaliyot o‘tash yoki ishga joylashishlari mumkin.

Shuningdek, tadbir dasturidan xorijiy IT-kompaniyalar vakillarining chiqishlari o‘rin olgan:

11:00da Senior Resource and Development lab head va Senior Software Engineer Baxtiyor Ahmedov “IT sohasiga kirish hamda sohaga qadam qo‘yayotgan mutaxassislar uchun maslahatlar” mavzusida ma’ruza qiladi.

12:00da - Aleksandra Akulova, iTechArt kompaniyasining early Talent programs menejeri Java-dasturlash haqida so‘z yuritadi.

12:15 da - iTechArt jamoasi menejeri Pavel Xankevich Java dasturlash haqida batafsil ma’lumot beradi.

12:30 da - iTechArt guruhi menejeri Dmitriy Pak avtomatlashtirish asoslari haqida so‘z yuritadi.

14:30da -, xalqaro IT-kompaniya Compliance delivery mutaxassisi, Oleg Golenkoning “ITga yo'l, shaxsiy tajriba” mavzusidagi ma’ruzasi

Tadbir tinglovchilari ma’ruzalar davomida nafaqat yangi bilimlarga ega bo‘lish bilan birga o‘zlarini qiziqtirgan savollarni berish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Bundan tashqari, tadbir davomida yarmarka ham o‘tkazilib, unda “Книга за жизнь” xayriya loyihasi kitoblari, “Eco pryaniklar”, “Корпорация Подушек” (“Yostiqlar korporatsiyasi”), “Bloknoti.uz” kabi mahsulotlarni,  shuningdek, qo'l mehnati namunalari bo'lmish zargarlik buyumlari va bayramona pishiriqlarni xarid qilishlari mumkin.

Sizni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida kutib qolamiz.

Tadbir sanasi va o‘tkazilish vaqti: 2022-yil 31-mart, soat 10:00

Manzil: Toshkent sh., Mirzo Ulug'bek tumani, Amir Temur ko'ch., 108

2022-03-30