Team Universitetida «GEW 2020» Global tadbirkorlik haftaligiga bagʻishlangan ochilish marosimini boʻlib oʻtdi.

2020-yil 23-noyabr sanasida Team Universitetida «GEW 2020» global tadbirkorlik haftaligining tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. Ushbu haftalik doirasida 2020 yil 23-dan 28-noyabrgacha «Tadbirkorlik taʼlimoti – gʻoyadan amaliyotgacha» mavzusi ostida veb seminarlar boʻlib oʻtadi.

Ushbu yirik tadbir Oʻzbekistonda toʻrtinchi marotaba oʻtkazilmoqda va har doim hamkor tashkilotlar, davlat organlari, taʼlim muassasalari va biznes uyushmalari tomonidan eʼtirofga sazovor boʻlib kelmoqda.

Global tadbirkorlik haftaligi bosh qarorgohi AQShning Vashington shahrida joylashgan Global Entrepreneurship Network xalqaro tashkiloti homiyligi doirasida va bir vaqtning oʻzida dunyoning 180 mamlakatida oʻtkaziladi.

TEAM University GEW Uzbekistan 2020 uchun asosiy platforma vazifasini bajaradi. IT Park, Yoshlar ittifoqi, GEN UZ va Ground Zero TEAM Universitetining asosiy hamkorlari hisoblanadi.

Pandemiya sababli birinchi marta haftaning asosiy tadbirlari onlayn tarzda oʻtkaziladi. Hafta davomida Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Rossiya, Hindiston, Isroil, AQSh, Buyuk Britaniya, Germaniya va boshqa mamlakatlarning mutaxassislari tomonidan 20 dan ortiq trening, vebinar va taqdimotlar oʻtkazilishi rejalashtirilgan. Mutaxassislar startaplarni yaratish va ommalashtirish boʻyicha oʻz tajribalari bilan boʻlishadilar, shuningdek, talabalarga biznes gʻoyalarini shakllantirish va ularni monetizatsiya qilish borasida dars oʻtiladi.

Bundan tashqari, vazirliklar, OTM rektorlari, shuningdek xalqaro tashkilotlar ishtirokida oliy taʼlimni strategik rivojlantirish boʻyicha sessiyalar tashkil etiladi.

Hafta yakunida natijalar sarhisob qilingandan soʻng, davlat tashkilotlari hamda biznes jamiyatiga tavsiyalar taqdim etiladi. Qolaversa, hafta soʻnggida 5 ta biznes nominatsiya eʼlon qilinadi va unda gʻoliblarga sovrinlar taqdim etiladi.

Shuni ham esalatib oʻtish joizki, IT Parkʼning Telegram kanalida soʻrovnoma yaratilgan boʻlib, unda siz investitsiya jalb qila olgan oʻzbek startaplaridan biriga ovoz berishingiz mumkin. Soʻrovnoma yakunlariga koʻra eng koʻp ovoz olgan 1 nafar ishtirokchi tanlab olinadi.

Startaplar baholanadigan nominatsiya «Achievement Unlocked» deb nomlanadi.

Nominatsiyaga kirgan startaplar:

1) BILLZ - ​​https://billz.uz/

- Kundalik jarayonlarni soddalashtirish uchun yaratilgan texnologiya, mijozlarni boshqarish va aqlli tahliliy vositalar yordamida vaqt va pulni tejagan holda savdo shoxobchalarining maksimal samaradorlikka erishishiga yordam berish

Taʼsischi - Rustam Hamdamov.

2) Finmedia - http://http://www.finmedia.uz/

- Eng soʻnggi patentlangan vositalardan foydalangan holda mobil moliyaviy xizmatlar, kredit berish va efir vaqtidagi avans xizmatlari, uyali telefon kreditlari va Big data analitikasi provayderlarini taʼminlash.

Taʼsischi - Timur Raxmanov.

3) Marta - https://marta.uz/t2p/

- Biznes, pul mablagʻlarini boshqarish, toʻlovlarni qabul qilish va qaytarish va boshq. uchun mobil terminal.

Taʼsischi - Nodir Badriddinov.

Ovoz berish uchun havola: https://t.me/itpark_uz/1263

 

2020-11-24