2022-yil 2-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 6-oktabrdagi 4851-sonli qarori ijrosi doirasida Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida 2-sonli ixtisoslashtirilgan IT-maktab foydalanishga topshirildi.
_1649053092.jpg)
Ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining birinchi o‘rinbosari Pekos Oleg Andreevich, Bo‘stonliq tumani hokimi Axmedov Jurabek Ilhomovich hamda IT-park direktorining innovatsiyalar bo‘yicha o‘rinbosari Rajabov Jahongir ishtirok etdilar.
_1649053114.jpg)
_1649053130.jpg)
Umumta’lim maktablaridan farqli o‘laroq, ixtisoslashtirilgan IT maktablarida matematika, ingliz tili va informatika fanlariga e’tibor qaratilgan o‘quv dasturi joriy qilingan. Bundan tashqari, IT maktablarida mobil robototexnika ham o‘qitiladi.
_1649053148.jpg)
Maktab o‘quvchilarining axborot texnologiyalarini o‘rganishi uchun zarur qulay shart-sharoitlarni yaratish maqsadida maktab barcha zarur moddiy-texnik baza va yuqori tezlikdagi internet tarmog‘i bilan ta’minlangan. IT-Park qoshidagi IT markazlarining yuqori malakali o‘qituvchilari esa maktab o‘quvchilari uchun dasturlash va robototexnika bo‘yicha professional darslarni olib boradilar.
_1649053165.jpg)
Oʻquv yili yakuniga qadar Oʻzbekistonda 85 ta ixtisoslashtirilgan IT-maktablarni ochish va ularning umumiy sonini 100 taga yetkazish rejalashtirilgan.
_1649053186.jpg)
2022-04-04