Toshkentda “ICT Week” doirasida “Uzbek–Korean BPO Forum” o‘tkaziladi

2025-yil 25-sentyabr kuni Toshkentda “ICT Week” doirasida “Uzbek–Korean BPO Forum” bo‘lib o‘tadi. Forum 130 nafardan ortiq ishtirokchini bir joyga jamlab, Koreya kompaniyalarining taqdimotlari, tajriba almashish va O‘zbekiston-Koreya o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarini mustahkamlash uchun asosiy maydon vazifasini bajaradi.

Uzbek–Korean BPO Forum — “KOICA”, “Gyeongbuk Technopark”, “KTPA” va IT Park Uzbekistan bilan hamkorlikda tashkil etilgan noyob platforma. Dasturdan koreys kompaniyalarining taqdimotlari, tajriba almashish va autsorsing hamda raqamli xizmatlar sohasida uzoq muddatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish uchun yangi imkoniyatlarni muhokama qilish o‘rin olgan.

Forum O‘zbekiston uchun Janubiy Koreya bozorida milliy sanoatni rivojlantirish yo‘lidagi muhim qadam bo‘ladi. U mamlakatning kadrlar salohiyati, infratuzilma imkoniyatlari va muvaffaqiyatli loyihalarini ko‘rsatish, shuningdek, yangi hamkorlik shartnomalari tuzish imkonini beradi. Forumning asosiy vazifalari qatoriga yangi B2B-shartnomalarini tuzish va O‘zbekistonning ishonchli autsorsing hamkori sifatidagi o‘rnini mustahkamlash kiradi.

Dastur

  • 09:30–10:00 — Ro‘yxatdan o‘tish.
  • 10:00–10:05 — Qutlov so‘zi va ishtirokchilarni tanishtirish.
  • 10:05–10:10 — Qutlov so‘zi. O‘zbekiston raqamli texnologiyalar vazirligi vakili. 
  • 10:10–10:15 — Qutlov so‘zi. Koreya Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi janob Von Do Yon.
  • 10:15–10:25 — Minnatdorchilik sertifikatini topshirish.
  • 10:25–10:35 — “Uzbekistan – Korea’s outsourcing partner: Talent, Infrastructure, Opportunity” mavzusidagi ma’ruza. Spiker: Nodirbek Berdiqobilov, Osiyo mamlakatlariga IT-xizmatlar eksportini rivojlantirish departamenti bosh menejeri.
  • 10:35–10:45 — “A Case of Confidence: Why AJIN Outsources to Uzbekistan?” taqdimoti
  • 10:45–10:55 — “Creative Outsourcing in Action: VERYWORDS’ Pilot in Uzbekistan” taqdimoti
  • 10:55–11:05 — “From Care to Code: SIHA and Uzbekistan in HealthTech” taqdimoti 
  • 11:05–11:15 — Yangi hamkorlik bitimlarini imzolash:
  • 11:15–11:20 — Guruh surati.
  • 11:20–11:50 — Kofe-breyk, netborking, Koreya kompaniyalari loyihalari va O‘zbekiston IT-kompaniyalari salohiyati haqida videotaqdimot.
  • 12:00–13:50 — B2B-uchrashuvlar.
  • 13:50–14:00 — Yakuniy so‘z.

Jonli efir onlayn tarzda namoyish etiladi.

Ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tish:

https://outsource.gov.uz/en/events/uzbek-korean-bpo-forum

2025-08-22