Toshkentda “Open Data Challenge” bo‘lib o‘tadi

IT Park YXHTning O‘zbekistondagi loyihalari koordinatori va Virtual Group IT-kompaniyasi bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi, Korruptsiyaga qarshi kurash agentligi va Akfa University ko‘magida 27–29-yanvar kunlari boʻlib oʻtadigan “Open Data Challenge” xakatonini tashkil etadi.

“Open Data Challenge” – bu ochiq ma’lumotlardan foydalangan holda texnologik yechimlarni ishlab chiqish bo‘yicha har yillik tanlov. Xakaton fuqarolarning ochiq ma’lumotlardan foydalanishga boʻlgan qiziqishini rivojlantirish va oshirishga qaratilgan.

Ushbu tanlovning maqsadlari – fan boʻyicha professional hamjamiyatni rivojlantirish; davlat va munitsipal hokimiyat organlari vakillarining, shuningdek, xakaton ishtirokchilarining tegishli vakolatlarini rivojlantirish; davlat va munitsipal ochiq maʼlumotlarning ijtimoiy va iqtisodiy salohiyatini amalga oshirish.

2023-yilda dastlabki 4 ta yo‘nalish bo‘yicha tanlov o‘tkazish rejalashtirilgan:

  • davlat sektori;
  • ijtimoiy sektor;
  • biznes sektori;
  • korruptsiyaga qarshi kurash.

Bundan tashqari, ochiq ma’lumotlardan foydalanish bo‘yicha mutaxassislar jalb qilingan yoʻnalishlarda xakaton ishtirokchilari uchun maxsus workshopʼlar o‘tkazish rejalashtirilgan. Xakaton boshlanishidan oldin ishtirokchilarga yoʻnalishlar boʻyicha 4 ta vebinar va ochiq ma’lumotlar bo‘yicha 1 ta workshop o‘tkaziladi. Vebinarlar va workshop sanalari keyinroq eʼlon qilinadi.

Tanlov ishtirokchilaridan quyidagilar talab qilinadi:

  • barcha tadbirlarda toʻliq ishtirok etish (4 ta vebinar onlayn tarzda va 1 ta workshop oflayn tarzda oʻtkaziladi; “Open Data Challenge” xakathonining oʻzi oflayn tarzda oʻtkaziladi);
  • tadbir davomida ochiq ma’lumotlardan foydalangan holda raqamli yechim (ilova, xizmat, qurilma) yaratish va GitHub’ga yuklash;
  • ham individual, ham jamoaviy arizalar qabul qilinadi. Uch kishidan iborat boʻlgan jamoalar ishtirok etishlari mumkin, ushbu jamoalarning ishtirokchilaridan biri qatnashish uchun jamoaviy ariza topshirishi kerak. Individual arizachilar xakatonning birinchi kunida jamoaga qoʻshilishlari mumkin. 

Ariza topshirish va batafsil ma'lumot olish: https://datahack.uz/uz.html

2023-01-04