Tumaris Tech loyihasi “WomenTech Global Awards 2020” xalqaro tanlovining gʻolibiga aylandi!

Oʻzbekiston xotin-qizlarnining IT sohasidagi texnologik tadbirkorligini qoʻllab-quvvatlash maqsadida yaratilgan Tumaris Tech loyihasi “WomenTech Global Awards 2020” xalqaro tanlovida uchinchi oʻrinni egallab, tanlov finalchilaridan biriga aylandi.
Biroz avval, WomenTech Network 150 dan ortiq mamlakat ishtirokida mukofotlash marosimining finalchilarini e’lon qildi.

WomenTech- bu texnologiya sohasidagi xotin-qizlarning dunyodagi eng yirik hamjamiyati hisoblanadi va unda dunyoning 181 mamlakatidan 4300 dan ortiq vakillar mavjud. Ushbu hamjamiyat Tumaris Tech loyihasini 2020-yil 3-dekabr kuni 16-soat mintaqasida xotin-qizlar uchun tashkil qilingan “WomenTech Global Awards 2020” tanlovining eng yirik virtual texnologik bayramida tan olingan finalist deb e’lon qildi.

Tumaris Tech loyihasi Oʻzbekistonda xotin-qizlar tadbirkorligini rivojlantirishga qoʻshgan hissasi va butun jamiyatimizga mamlakatimiz qizlarida mavjud boʻlgan barcha ichki imkoniyatlarni namoyish etish gʻoyasini berganligi uchun “Upskill and Reskill program of the Year” toifasi finalistlari orasida uchinchi oʻrinni egalladi.

Hammasi boʻlib 153 mamlakatdan 2238 ishtirokchi 22 nominatsiya boʻyicha ishtirok etdi. Tanlov 2020-yil oktyabrdan dekabrgacha davom etdi. Loyihalar xalq ovozi va hakamlar hay’ati a’zolari tomonidan baholandi.

Hakamlar hayati tarkibi quyidagilardan iborat:

- Raqamli strateg va startaplar boʻyicha mentor, butun dunyo boʻylab oʻz biznesini boshlash va rivojlantirishda ayol tashabbuskorlarni qoʻllab quvvatlovchi, «Founder Institute» ning global marketing boʻyicha direktori - Reychel Sheppard;

- “Black Professionals In Intelligent Automation” asoschisi Alionna Gardner;
- “LinkUpConferenceShow”, bosh direktori va asoschisi Anna Degtereva;

- “Lean-Agile” yetakchisi, olim Andjela Maragopulu;

- Adaptiv madaniyat mutaxassisi, Forbes’ga hissa qoʻshuvchi, Annette White-Klososky;

- Biznes angel, startaplar boʻyicha mutaxassis, Kristina Forsgard;

- Va boshqa texnologiya sohasidagi mutaxassislar.


Ishtirokchilarning nomzodlari koʻrsatilgan toifalar:

- Upskill & Reskill Program of the Year
- Global AI Inclusion Award
- WomenTech Ambassador Award
- WomenTech Community Award

- WomenTech Speaker of the Year Award
- Diversity in Tech Employer of the Year
- Diversity and Inclusion Initiative of the Year (within a company)
- Diversity & Inclusion Officer of the Year
- HR Program Manager of the Year Award
- Women & Diversity in Tech Ally of the Year
- Mentor of the Year
- Global Technology Leadership Award
- WomenTech CIO of the Year
- WomenTech CTO of the Year
- Remote Transformation Leader of the Year
- Cultural Inclusion Award
- Special Needs Inclusion Award
- Generational Inclusion Award
- LGBTQ+ Inclusion Award
- Rising Star in STEM of the Year
- Women-Led Startup in Tech of the Year
- IT Graduate of the Year.

Eslatib o‘tamiz, IT Park USAID biznes muhiti va tadbirkorlikni rivojlantirish loyihasi hamkorligida O‘zbekiston IT sohasidagi xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan Tumaris Tech loyihasini yo‘lga qo‘ydi. Ya’ni, ishtirokchilarnining kelgusidagi rivojlanishini ta’minlash maqsadida loyihalar bepul inkubatsiya va akseleratsiya dasturlari orqali olib boriladi. Shuningdek, Tumaris Tech ishtirokchilariga quyidagi 5 yoʻnalishda ayollar uchun oʻzbek tilidagi bepul oʻquv kurslarini taqdim etadi:

- kopirayterlik va SMM;

- grafik dizayn;

- veb-dasturlash;

- mobil ilovalarni dasturlash;

- boshlang'ich kompyuter savodxonligi.

Bundan tashqari, loyiha doirasida investitsiya muhitini rivojlantirish maqsadida vebinar va shu kabi turli tadbirlar oʻtkaziladi.

Loyiha xotin-qizlarni ICT ekotizimiga jalb qilishni kuchaytirishga yo‘naltirilgan: masofaviy ishlashni istovchi xotin-qizlar uchun ta’limni taqdim etish hisobiga BPO'ni (Business Process Outsourcing) rivojlantirishdan tortib startaplarni rivojlantirish va sarmoyalarni o‘rganishgacha.

Ushbu loyihaning koordinatori IT Park’ning investitsiya boʻyicha bosh mutaxassisi - Sasha Sternik.

Women Tech haqida batafsil ma’lumotni https://www.womentech.net/ saytida olishingiz mumkin.

 

2020-12-07