“Tumaris Tech” loyihasining ikkinchi toʻlqini uchun 20 ta jamoa tanlab olindi!

2021-yil 9-yanvar kuni “Tumaris Tech” loyihasining ikkinchi toʻlqini uchun ayollar startap loyihalarini turli bosqichlarda rivojlantirishga qaratilgan Pitch Day boʻlib oʻtdi.

Loyihaning ikkinchi bosqichi uchun jami 250 dan ortiq arizalar kelib tushdi va ular orasidan 33 ta jamoa Pitch Day’ga oʻtishga muvaffaq boʻldi. Shuningdek, Pitch Day natijalariga koʻra, loyihaning oʻzida ishtirok etish uchun 20 ta startap saralanib olindi.

Hakamlar hay’ati quyidagilardan iborat:

- IT-park’da startaplarni rivojlantirish yoʻnalishi rahbari - Jahongir Radjabov;

- IT Park startap ekotizimlarini rivojlantirish boʻlimi boshligʻi -  Farrux Maksumov;
- IT Park loyiha menejeri - Madina Musurmanqulova;
- “SHARQ AYOLI” xalqaro xotin-qizlar jamoat fondi asoschisi va raisi - Saodat Tursunboeva;
-
Xususiy tadbirkor, startap loyihalar trekeri - Sayyora Shakirova;
-
Senior Product Manager at «CINEMOOD» –  Muqaddam Ahmedova.


Pitch Day’dan oʻtgan 20 ta jamoa:

1. “YourChance Yoshlar Hamjamiyati/yourchance.uz”

2. “English Platform”

3. “Hikoya”

4. “Qoʻlingizda Ish”

5. “G-App”

6. “InfoSite”

7. “Giftbox”

8. “AFD innovation”

9. “ONLINE NAVBAT”

10. “Qidiruv”

11. “Helpout”

12. “Oʻquv markaz”

13. “Cycling in Nukus”

14. “My dear G&G”

15. “MyIn”

16. “отАни

17. “Yulduz Shifo”

18. “UzHotel”

19. “Trucking Uzbekistan”

20. “Lider qizlar maktabi”

Endilikda Pitch Day’dan muvaffaqiyatli oʻtgan loyiha ishtirokchilarini mahalliy mutaxassislar tomonidan oʻtkaziladigan treninglar kutmoqda. Mutaxassislar ishtirokchilarga startaplarini rivojlantirish hamda biznes modelini tayyorlashda yordam berishadi. “Tumaris Tech” loyihasining ikkinchi toʻlqini butunlay oʻzbek tilida olib boriladi. Treningni yakunlagach, loyihalar Demo Day’da investorlarga taqdim etiladi.

Eslatib oʻtamiz, dastur Tadbirkorlik va biznes muhitini rivojlantirish boʻyicha USAID dasturi bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda.











 









 

2021-01-11