Oʻtgan hafta, 21-sentyabrdan 25-sentyabrgacha boʻlgan muddat davomida loyiha doirasida 3 spiker tomonidan 3 ta vebinar oʻtkazildi, chunonchi:
— Sparta Global loyiha maslahatchisi va iIT maslahatchisi, Rituja Ravikiran Rao;
— IT Park tashqi loyihalar va investitsiyalar jamoasi rahbarlari, Sasha Sternik;
—Testo by Zamira&Co hamtaʼsischisi, shuningdek, korzinka.uz marketing kommunikatsiyalari boʻyicha sobiq menejeri, Zamira Rahmanova.
Rituja Ravikiran Rao ishtirokidagi vebinar davomida ishtirokchilar maqsadlarni to'g'ri qo'yish va taqsimlash, o’z vaqtidan unumli foydalanish, maqsadga erishish uchun motivatsiyani qanday va qayerdan olish, biznes-maqsadga erishish bo’yicha bosqichli rejani tuzib chiqish va boshqalar haqida bilib olishdi. uchun turtki erishish maqsadlari, qanday rivojlantirish qadam rejasi uchun erishish biznes maqsadlari va yana bir qancha.
Sasha Sternik tomonidan o'tkazilgan navbatdagi vebinar davomida ishtirokchilar venchur fondi va "startap" atamasi bilan yaqindan tanishdilar, shuningdek, startaplar rivojlanishi, IT Park ekotizimini ishga tushirish va boshqalar haqida foydali ma’lumotlarni olishdi.
Zamira Rahmanova tomonidan olib borilgan vebinar davomida spiker tadbirkorlik, marketing, loyihani yuritishda ijodkorlikni qo'llash bo'yicha shaxsiy tajribasi bilan o'rtoqlashdi, shuningdek, to’g’ri PR yordamida salbiy vaziyatdan chiqish va uni o'z foydasiga yo’naltirish haqida gapirdi.
Eslatib o’tamiz, loyiha xotin-qizlarni ICT ekotizimiga jalb qilishni kuchaytirishga yo‘naltirilgan: masofaviy ishlashni istovchi xotin-qizlar uchun ta’limni taqdim etish hisobiga BPO'ni (Business Process Outsourcing) rivojlantirishdan tortib startaplarni rivojlantirish va sarmoyalarni o‘rganishgacha.
Yangiliklarimizni kuzatib boring va Tumaris Tech hamda boshqa ko’plab loyihalar bilan bog’liq navbatdagi tadbirlarimizni o’tkazib yubormang!
Tumaris Tech sayti: https://tumaris.tech/
Vebinar havolalari:
Rituja Ravikiran Rao: https://www.youtube.com/watch?v=LyIFXM-l6ls
Sasha Sternik: https://youtu.be/GalgImj--xA
Zamira Rahmanova: https://youtu.be/-I0YinRNdOs
2020-09-28