Ukrainaning “DashcamUa” IT-kompaniyasi O‘zbekiston bozoriga IT Park orqali kirish imkoniyatiga ega bo‘ladi

Joriy yilning 26-iyul kuni IT Parkda Ukrainaning “DashcamUa” IT-kompaniyasi rahbari Oleksiy Afonin bilan hamkorlik istiqbollarini ko‘rib chiqish va keyinchalik O‘zbekiston bozoriga va undan tashqariga chiqish uchun IT Park rezidentlari qatoriga qo‘shilish maqsadida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda “DashcamUa” kompaniyasi vakillari, IT Park direktorining xalqaro aloqalar bo‘yicha o‘rinbosari Bohodir Ayupov va “Think” kompaniyasi rahbari Izzat Shukurov ishtirok etishdi, unda IT Park faoliyati to‘g‘risida taqdimot o‘tkazildi va tomonlarning strategik hamkorlikka o‘zaro qiziqishlari bildirildi.

DashcamApp - bu foydalanuvchilarning mashinalarida registrator yordamida yo‘l harakati qoidalari buzilishini kuzatishga mo‘ljallangan innovatsion mobil dastur. Ushbu dasturda qoidabuzarliklar avtoulov panelini ikki marta bosishdan 30 soniya oldin qayd etiladi, shundan so‘ng video ma’lumot avtomatik ravishda saqlanib, yo‘l harakati xavfsizligi xizmatiga yo‘naltiriladi.

“DashcamApp” mobil ilovasi allaqachon Ukraina hududida sinov rejimida ishga tushirilgan bo‘lib, bugungi kunda qoidabuzarliklarni aniqlash bo‘yicha ma’lumotlar bazasi Ukrainadagi yo‘l harakati xavfsizligi xizmatlarining ma’lumotlar bazasidan ancha yuqori.

“DashcamApp”ning asosiy afzalliklari nimada?

- Yo‘l harakati qoidalariga rioya qilmaslik sababli yo‘l-transport hodisalari sonining sezilarli darajada kamayishi;

- Blokcheyn texnologiyasini birlashtirish orqali yo‘l harakati xavfsizligi xodimlari o‘rtasida korrupsiya darajasini pasaytirish;

- Atigi bir kunda mamlakatdagi barcha yo‘llarni avtomatik ravishda qoplash;

- Davlat byudjetidan ajratilgan mablag‘larga ehtiyojning yo‘qligi;

- Haydovchilar orasida haydovchilik madaniyatini oshirish;

- Foydalanuvchining mutlaqo anonimligi.

Mobil ilova GPS kuzatuv tizimi va avtohalokatlarning avtomatik tizimi bilan jihozlangan bo‘lib, bu yo‘l harakati xavfsizligi xizmatlariga sodir bo‘lgan baxtsiz hodisalarning aniq joyi to‘g‘risida ma'lumotni erkin uzatishga imkon beradi. Bundan tashqari, ushbu dastur jarohatlarning og‘irlik darajasi to‘g‘risida xabar berish va kerakli tez yordam mashinalari sonini muvofiqlashtirish imkoniga ega.

Yo‘l-transport hodisasini aniqlagandan so‘ng, ilova tizimi “DashcamApp” faollashtirilgan mobil telefonlarga voqea sodir bo‘lgan joy yaqinida harakatlanadigan transport vositalarini ogohlantiruvchi xabar yuboradi.  

Ilovaning barcha foydalanuvchilariga qonun hujjatlariga muvofiq maxfiylik taqdim etiladi. Bu barcha materiallar har bir qoidabuzarlik to‘g‘risida xabar berish uchun to‘liq javobgarlikni o‘z zimmasiga olgan ishlab chiquvchi kompaniya nomidan kerakli manziliga yuborilishini anglatadi.

“DashcamApp” IT-kompaniyasining rahbarlari ularni takomillashtirishning O‘zbekiston hududida amalga oshirilishidan manfaatdor, chunki qonunchilikda jismoniy shaxslarga yo‘l harakati qoidalarini buzish to‘g‘risidagi ma‘lumotlarni tegishli davlat idoralariga topshirish mumkin.

IT-park rezidentlari safiga qo‘shilgandan keyin ukrainalik kompaniyaning O‘zbekiston bozoriga kirishi va ularning vakolatxonasining ochilishi “DashcamApp” ilovasini integratsiyalashgan xizmatlarni eksport qilish bilan shug‘ullanadigan mahalliy IT-mutaxassislar guruhini yaratishi bilan birga amalga oshadi. Ushbu avtomatik boshqaruv tizimi nafaqat yo‘l harakati qoidalarini buzish sonini kamaytirishga, balki umuman haydovchilik madaniyatini oshirishga imkon beradi.

2021-07-29