UZCARD Ventures, IT Park Investment va “UzAngels” biznes-angellari klubi ishtirokidagi venchur investorlar guruhi IMAN fintech startapiga 200 dollardan ortiq investitsion raundini yakunladi. Investitsion raundning umumiy miqdori Singapur, Qozogʻiston va boshqa mamlakatlardan kelgan xorijiy investorlarni hisobga olgan holda 1 million dollarni tashkil etdi.
Shu munosabat bilan UZCARD Ventures kompaniyasi IMAN startapi asoschilari, investitsion bitimida ishtirok etgan xalqaro va mahalliy venchur investorlar ishtirokida “Venchur kapitali: O‘zbekistonda illyuziya yoki haqiqat – IMAN keysi” mavzusida xalqaro konferensiya o‘tkazilishini e’lon qildi.
Tadbir 7-aprel kuni UZCARD korporativ akseleratori joylashgan joyda bo‘lib o‘tdi.
IT Parkʼdan Direktor Farhod Ibragimov va direktor o‘rinbosari Jahongir Radjabov spikerlar bo‘lishdi.
Sessiya davomida spikerlar IMAN startapiga sarmoya kiritish va kelishuvni tizimlash tajribasi haqida so‘z yuritdilar. Bundan tashqari, ular startapni masshtablash boʻyicha keyingi rejalari bilan boʻlishdilar.
Konferensiya doirasida Oʻzbekistonga sarmoya kiritishning huquqiy jihatlariga bagʻishlangan panel sessiyasi boʻlib oʻtdi.
IT Park Uzbekistan Direktori hozirgi bosqichda IMAN loyihasini moliyalashtirish foyda yoki daromad jalb qilish usuli emasligini taʼkidladi.
“Biz ishonamizki, bu startap global loyihaga aylanish va koʻplab xorijiy mamlakatlarni qamrab olish uchun barcha imkoniyatlarga ega. Biz jamoani va ularning g‘oyasini qo‘llab-quvvatlamoqchimiz”, — deya qo‘shimcha qildi Farhod Ibragimov.
2022-04-08