2021-yilning 6-yanvar kuni IT Park Showroom’da O‘zbekiston OTM rektorlari bilan norasmiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Madjidov Inom Urishevich, IT Park direktori Farhod Ibragimov, IT Markazlar direktori Abdulahad Qo‘chqorov, shuningdek, poytaxt va viloyat OTM rektorlari hamda vakillari ishtirok etishdi.
Uchrashuv davomida IT Park direktori Farhod Ibragimov O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarida inkubatsiya markazlarini yaratish va har bir vazifani bosqichma-bosqich amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi haqida so‘zlab berdi. Shuningdek, u oliy oʻquv yurtlarida inkubatsiya markazlarini tashkil etish muhimligini taʼkidladi, sababi har bir markazning yakuniy maqsadi iqtidorli OTM talabalari orasida munosib startaplarni targ‘ib qilish uchun qulay shart-sharoitlar yaratishdir.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Madjidov Inom Urishevich, o‘z navbatida, ushbu tashabbusni qo‘llab-quvvatladi hamda o‘z nutqi bilan OTM rektorlarini IT Park bilan samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va keyinchalik inkubatsiya markazlarini ochishda yordam berishga undadi.
Bundan tashqari, IT Markazlar direktori Abdulahad Qo‘chqorov mehmonlarga IT Park faoliyati hamda 2023-yilda qurilishi yakunlanadigan IT Park kompleksi to‘g‘risida ma’lumot berdi. Shuningdek, Abdulahad Qo‘chqorov inkubatsiya markazlari mavzusini ochish bilan bir qatorda, OTM rektorlariga oliy ta’lim muassasalarida bilan hamkorlik aloqalarini o'rnatish va inkubatsiya markazlarini ochish jarayoni haqida so‘zlab berdi.
Natijada, OTM rektorlari Madjidov Inomga IT Park bilan hamkorlik o‘rnatish va inkubatsiya markazlari bo‘yicha qo‘shma hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga va’da berishdi.
OTM rektorlari va vakillari Farhod Ibragimovga IT Park faoliyati bilan bog‘liq barcha savollarini berishga va IT mavzusida suhbat qurishga muvaffaq bo‘lishdi.
Shuni ta’kidlash joizki, inkubatsiya markazlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Axborot texnologiyalari sohasida ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish va ularni IT-industriya bilan integratsiya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-4851-son qarori, “Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish chora-tadbirlar to‘g‘risida” PQ-4699-son qarori, shuningdek, “Oʻzbekiston Respublikasi agrosanoat majmui va qishloq хoʻjaligida raqamlashtirish tizimini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 794-son PCM qarori asosida amalga oshirilmoqda.
Eslatib o’tamiz, oliy oʻquv yurtlari qoshida inkubatsion markazlarini ochishdan asosiy maqsad — bu iqtidorli yoshlar orasida yaratilayotgan innovatsion markazlar soni va sifatini oshirish. Oʻz navbatida, inkubatsion markaz asl ilmiy-texnik gʻoyalarni amalga tatbiq etish, kichik innovatsion loyihalar boʻyicha faoliyatini samarali yuritishi uchun talabalarga zarur shart-sharoitlar yaratadi.
Yurtimiz poytaxtida allaqachon faol faoliyat olib boradigan hamda talabalar loyihalari ustida ishlaydigan 6 ta inkubatsiya markazi ochilgan. Yaqinda Qashqadaryo viloyati Qarshi muhandislik-iqtisodiy institutida ham yana bir inkubatsiya markazi ochildi.
Umuman olganda Qashqadaryo viloyatining yana 5 ta OTMda inkubatsiya markazlarini ochish rejalashtirilgan:
-Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filiali
-Qarshi davlat universiteti
-Toshkent irrigasiya va qishloq xo‘jaligini mexanizasiyalash muhandislari instituti Qarshi filiali
-Toshkent davlat pedagogika universiteti Shahrisabz filiali
-Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filiali
Ma’lumot uchun:
Hozirgi kunga qadar quyidagi OTMlarda inkubatsiya markazlari oshilgan:
1. G.v.plexanov nomidagi rossiya iqtisodiyot universitetining toshkent shahridagi filiali
2. Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti
3. Toshkent moliya instituti
4. Toshkent shahridagi Inha universiteti
5. Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
6. Toshkent shahridagi Amity universiteti
7. Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti
2021-01-06