AIUB delegatsiyasi IT Parkʼga tashrif buyurdi

2022-yilning 12-aprel kuni Bangladeshdagi Amerika xalqaro universiteti (AIUB) delegatsiyasi O‘zbekistonga keldi. AIUB vasiylar uyushmasi vakili, Dakka shahridan doktor Hasanul A. Hasan boshchiligidagi OTM vakillari IT Parkʼga tashrif buyurishdi.

Uchrashuvda doktor Hasanul va IT Park Uzbekistan Direktori Farhod Ibragimov ta’lim, post-graduate education tizimiga oid savollarni ko‘tardilar.

IT Park xodimlari mehmonlarga “One Million Uzbek Coders” bepul IT-kurslarini taqdim etishga qaratilgan taʼlim loyihasini taqdim etdilar.

Bundan tashqari, tomonlar vakillari IT sohasida kasbiy ta’limni rivojlantirish va mustahkamlash yuzasidan fikr almashdilar.

Yig‘ilish yakunlariga koʻra, BPO sohasida xizmat koʻrsatish va dasturiy taʼminotni ishlab chiqish uchun joriy yilning oxirigacha yangi eksportga yoʻnaltirilgan kompaniya ochilishi rejalashtirilgan.

Bundan tashqari, tomonlar bu yil O‘zbekistonda IT-akademiyasini va 2023-yilgacha IT-universitetini ochish imkoniyatlarini muhokama qildilar.

Bangladeshdagi Amerika Xalqaro Universiteti (AIUB) 1994-yilda Dakka shahrida tashkil etilgan.  Ayni paytda universitetda 9500 dan ortiq talaba tahsil olmoqda, 350 nafar mahalliy va xorijiy mutaxassislar mehnat qilmoqda.

AIUB, Bangladeshdagi oliy taʼlim sohasidagi rasmiy oliy organ – University Grants Commission of Bangladesh tomonidan akkreditatsiyaga ega.

2022-04-13