2022-yilning 26-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish Vaziri Sherzod Shermatov joriy yilning yanvar oyida o‘z eshiklarini ochgan IT Park “Newmax Technologies” rezidenti tomonidan “IMPACTT” texnologik xabga tashrif buyurdi.
Uchrashuvda IT Park Direktori Farhod Ibragimov, “IMPACTT” asoschisi Akmal Payziev va “IMPACTT” Direktori Maftuna Axadova ham ishtirok etdilar.
Tashrif davomida mehmonlarga zamonaviy “IMPACTT” xabi bo‘ylab sayohat uyushtirilib, uning faoliyati haqida so‘z yuritildi.
Taʼkidlash joizki, loyihaning “IMPACTT” nomi taʼsir hududini (Impact Territory - IMPACTT) nazarda tutadi. Xab, Direktorining taʼkidlashicha, IMPACTT – global ambitsiyalarga ega boʻlgan odamlar uchun joy.
Texnologik markaz quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
1. Kovorking hududi
“Biz ish oʻrinlarni ijaraga beramiz. Endi odamlar ofislarni ijaraga berishdan uzoqlashmoqda, chunki ular qat’iy jadvalga qaraganda (soat 9:00 dan 18:00 ga qadar) erkinroq, istalgan vaqtda kelib-ketishingiz mumkin bo‘lgan muhitda ishlash ancha samaraliroq ekanini tushunishdi”, — Maftuna Axadova taʼkidladi.
2. Akademiya
IT-Akademiya xab negizida faoliyat yuritadi. Akademiyada yoshlarga dasturlash, xususan, frontend va backend dasturlash o‘rgatiladi.
3. Tadbirlar
Xabni tashkil etishdan maqsad O‘zbekistonning IT-hamjamiyatini rivojlantirishdan iborat. Xab IT, tadbirkorlik sohasidagi mutaxassislar, shuningdek, startap asoschilari va boshqa ekspertlarni birlashtiradi. Spikerlar markazga keladi va uchrashuv ishtirokchilari bilan oʻz tajribalari haqida soʻzlab berishadi. Bugungi kunga qadar xab tomonidan 4 ta uchrashuv tashkil etildi, ular davomida ishtirokchilar IT sohasida turli mavzularda suhbatlashdilar.
“Ehtimol, xab startaplar, hamfikr jamoalar vataniga aylanadi, ular birlashib, turli hajmdagi loyihalarda birgalikda ishlaydi”, – dedi “IMPACTT” Direktori.
4. Venchur studiyasi
“IMPACTT” xab negizida venchur studiyasi yosh ishqibozlarga istiqbolli startap-gʻoyalari bilan yordam berish va har tomonlama qoʻllab-quvvatlash uchun yaratilgan.
Bundan tashqari, xab kovorking maydoni, ish va uchrashuvlar uchun alohida xonalar, dam olish joylari, qahvaxona va boshqalarni oʻz ichiga oladi.
AKT Vaziri Sherzod Shermatov “IMPACTT” tomonidan taqdim etilgan infratuzilma va imkoniyatlarni qayd etdi. Vazirlik va IT Park, xab rivojlanishini har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekani ta’kidlandi.
2022-02-26