“AloqaTech Lab” akseleratsiya va inkubatsiya dasturining “Demo Day”i

IT-sanoatning rivojlanishi mamlakat raqamli iqtisodiyotining barqaror o‘sishida muhim ahamiyatga ega. Muvaffaqiyatli amalga oshirilgan har bir startap-loyiha xizmatlar sifatini oshirishga, aholi va biznes o‘rtasidagi elektron hamkorlikni yaxshilashga hissa qoʻshadi, yangi ish o‘rinlari yaratishga yordam beradi.

Raqamli texnologiyalar sohasida startap sanoatini rivojlantirish doirasida IT Park Uzbekistan tomonidan Aloqabank tijorat banki bilan hamkorlikda AloqaTech Lab akseleratsiya dasturi tashkil etildi.

Ushbu dastur moliyaviy texnologiyalar, elektron tijorat, raqamli xizmatlar va dasturiy mahsulotlar sohasida istiqbolli startap-loyihalarni ishga tushirishda har tomonlama qollab-quvvatlashga qaratilgan.

AloqaTech Lab akseleratsiya dasturi uch oylik akselerator bolib, u dastur ishtirokchilari uchun ekspert xizmatlarini, shuningdek, oʻz loyihalarini ishga tushirish uchun texnik, moliyaviy va marketingni qollab-quvvatlash choralarini oz ichiga oladi.

Dastur joriy yilning may oyida boshlangan va uch oy davom etgan. Akseleratsiya dasturida jami 53 ta loyiha tanlab olindi, ulardan 45 tasi Toshkent shahridan, qolganlari esa Samarqand, Fargʻona, Jizzax, Buxoro va Namangan viloyatlaridan.

26 ta startap-loyiha va 189 ta ishtirokchi akseleratsiya dasturining final bosqichiga chiqdi. Quvonarlisi, dasturning 30 dan ortiq ishtirokchisi qizlar edi.

“AloqaTech Lab” ishtirokchilari boʻlgan mustaqil startap loyihalari “Sugʻurta Bozor” onlayn sugʻurta loyihasi va “Coozin” yetkazib berish xizmatlari boʻyicha umumiy qiymati 160 ming AQSH dollarni tashkil qiluvchi investitsiyalarni jalb etishga muvaffaq boʻldi.

“Demo Day” natijalariga ko‘ra, “AloqaVentures” venchur fondidan 50 ming AQSH dollarigacha sarmoya olish imkoniyatiga ega boʻlgan startap loyihalari aniqlandi.

Bundan tashqari, “AloqaTech Lab” akseleratsiya dasturi finalchilaridan 12 ta startap loyihasi, xususan, «ArzonArenda», «AgroW», «Beautify», «Digital saas», «Kale», «Medbox», «My Dars», «Mening hisobchim», «Resttab», «Slondo», «TopX» va «Where to go» kabi loyihalar Entrepreneurship World Cup 2022 tanlovida ishtirok etadi.

2022-09-24