Amity universitetida “Frilans sohasiga ilk qadam” mavzusida mahorat darsi bo‘lib o‘tadi

2-iyul kuni Toshkent shahridagi Amity universiteti hamda Raqamli iqtisodiyot tadqiqotlari markazi bilan hamkorlikda “Frilans sohasiga ilk qadam” mavzusida mahorat darsi tashkil etiladi.

Tadbirdan ko‘zlangan maqsad mamlakatda frilans yo‘nalishini rivojlantirish va yoshlarga u haqida ma’lumot berish, shuningdek, talabalar va yosh mutaxassislarni frilans orqali daromad topishga jalb qilishdir.

Dasturda quyidagi yo‘nalishlar qamrab olinadi:

• Dasturlash;

• Dizayn;

• Project management (loyihalarni boshqarish) /tarjima.

Tadbir spikerlari:

• Munira Begmuratova — “Toptal Talent network” kompaniyasining dasturiy ta’minot bo‘yicha katta muhandisi hamda kompaniyaning O‘zbekistondagi hamjamiyati rahbari;

• Abdusattor Abdurahimov — “Dizipro” asoschisi, IT-tadbirkor;

• Zafarbek Ibragimov — “TechCells” va “IT Stars” asoschisi.

Mahorat darsida mutaxassislar frilanserlik ko‘nikmalarini rivojlantirish bo‘yicha o‘z bilim va tajribalari bilan o‘rtoqlashadilar. Shuningdek, ishtirokchilarga “Upwork”, “Fiverr” va boshqa xorijiy platformalar haqida ma’lumot beriladi.

Roʻyxatdan oʻtish uchun havola:

https://forms.gle/GrM6M7cFjXMF249y9 

2022-06-27