Andijon viloyatidagi IT Markazlari bitiruvchilari Sharda Universityʼga kirish uchun grant olishlari mumkin

4-avgust kuni loyiha rahbari Dilshodbek Shuhratov, startap menejeri Sardorbek Turdaliyev va IT Park Andijon filialining talim boyicha mutaxassisi Jasurbek Abdugaipov Sharda University rektori Sanjay Pal bilan uchrashdilar.

Tomonlar talim sohasidagi hamkorlik masalalarini muhokama qildilar. Shu tariqa, uchrashuv ishtirokchilari endilikda Andijon viloyatidagi IT Markazlari bitiruvchilari 50% gacha bolgan grant asosida imtihonsiz Sharda Universiteti talabasi bolishlari mumkinligiga kelishib oldilar.

Sharda Universityʼda oqish uchun grant olishi mumkin bolgan bolajak talabalar hududiy filial mutaxassislari tomonidan talabalarning bilimi va muvaffaqiyatidan kelib chiqib tanlab olinadi. Grant dasturi joriy yilning sentabr oyidan boshlab ishga tushiriladi.

Uchrashuv davomida tomonlar grantlar sonini kopaytirish va OTM binosida talabalar uchun inkubatsiya markazi tashkil etish imkoniyatlarini ham muhokama qildilar. Bundan tashqari, muloqot ishtirokchilari yoshlar uchun onlayn talimni rivojlantirishga hissa qoshadigan startap loyihalarni, jumladan, moliyaviy jihatdan qo‘llab-quvvatlash niyatida.

2022-08-09