AOKAʼda “ICTWEEK Uzbekistan 2022” masalalariga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi

18-oktabr kuni Ozbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish Vaziri Sherzod Shermatov, axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining birinchi oʻrinbosari Oleg Pekos, vazirlikning boʻysunuvchi tashkilotlari rahbariyati ishtirokida matbuot anjumani boʻlib oʻtdi, unda IT Park direktori Farxod Ibragimov ham ishtirok etdi.

Matbuot anjumani yilning asosiy voqealaridan biri 24-27oktabr kunlari Samarqandda boʻlib oʻtadigan ICTWEEK Uzbekistan 2022 axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligiga bagʻishlandi.

Sherzod Xotamovich o‘z nutqida ta’kidlaganidek, AKT haftaligi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, axborot xavfsizligi va dasturiy ta’minot bozorini rivojlantirishni yanada rag‘batlantirishga, respublikada raqamli iqtisodiyot va “Elektron hukumat” tizimini joriy etish natijasida erishilgan yutuqlar, imkoniyat va imtiyozlarni namoyish etishga, amaliy natijalar va sohadagi rivojlanish tendensiyalarini muhokama qilishga qaratilgan.

Yangi “Silk Road Samarqand” xalqaro turizm markazi hududida yirik xorijiy va mahalliy kompaniyalar o‘zlarining yangi texnologik yechimlarini taqdim etadilar.

“ICTWEEK 2022” axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligi 2004-yildan buyon har yili o‘tkazib kelinmoqda. Oxirgi 18 yil davomida ushbu tadbir anʼanaviy tarzda bir qator ixtisoslashgan tadbirlarni yagona formatda birlashtirib keladi.

Bu yil “ICTWEEK Uzbekistan 2022” doirasida quyidagi tadbirlar oʻtkaziladi:

  • ICTWEEK Uzbekistan sammiti Ozbekiston Respublikasida axborot texnologiyalari sohasida erishilgan natijalar va islohotlarni muhokamasiga qaratilgan tadbir;
  • Digital Eurasia forumi axborot texnologiyalari sohasidagi muammolarni hal etish masalalari va ushbu sohadagi muhim islohotlarni muhokama qilishga qaratilgan xalqaro tadbir; 
  • ICTEXPO korgazmasi AKT sohasida milliy va xalqaro ishlanmalar va yutuqlarni namoyish etishga qaratilgan xalqaro korgazma;
  • BPO sammiti masofadan xizmatlarni koʻrsatish outsorsing yoʻnalishida yuqori tajribaga ega yirik xalqaro IT kompaniyalari oʻzaro tajriba almashadi.
  • IT-talim sammiti IT talim yoʻnalishidagi jahon tajribalarini hayotga tadbiq etish masalalari muhokama qilinadi.
  • «CIO SUMMIT» — AKT sohasidagi davlat tashkilotlari va nodavlat notijorat tashkilotlarining oʻzaro hamkorlik uchrashuvi.

Shuningdek, haftalik quyidagilarni oʻz ichiga oladi:

  • Aloqa sohasidagi hududiy hamdostlik (ASHH) tashkiloti Aloqa mamuriyatlari rahbarlari Kengashi va ASHH qoshidagi MDHʼga azo davlatlarning axborotlashtirish boyicha Muvofiqlashtiruvi kengashining navbatdagi qoshma yigilishi (ASHHning 30 yilligiga bagishlangan ASHH Kengashi yigilishi);
  • Turkiy Davlatlar Tashkilotiga azo davlatlarning AKT sohasiga masul vazirlik va idoralar rahbarlarining navbatdagi yigilishi;
  • Xalqaro elektraloqa ittifoqining Raqamli transformatsiya orqali raqamli ekotizimlarni rivojlantirish mavzusida MDH davlatlari uchun seminari.

Jami 4000 kv.m maydonda tashkil etiladigan ICTEXPO korgazmasida jami 100 dan ziyod xorijiy va mahalliy kompaniyalar ishtirok etishi kutilmoqda.

Tadbirda 60 dan ortiq yirik xorijiy kompaniyalari qatnashadi: Meta, Plug and Play, Nokia, ZTE, Huawei, IT Park, Innotech, Yandex, Uzcard, Payme, Uztelecom, Uzinfocom, Unicon, Astana hub, Belarus Respublikasining Yuqori texnologiyalar parki va IT Park rezidentlari hamda mahalliy yirik kompaniyalar.

Asosiy elektron resurslar:

Veb-sayt: https://www.ictweek.uz/uz

Instagram: https://instagram.com/ictweek_uzbekistan_2022?igshid=Y2ZmNzg0YzQ=

Facebook: https://www.facebook.com/ictweekuzb2022

 

2022-10-18